Iqtisodiy tadqiqotlar va islohotlar markazining Akselerator guruhlari faoliyatining 100 kunlik natijalari sarhisob qilindi

Iqtisodiy tadqiqotlar va islohotlar markazining Akselerator guruhlari faoliyatining 100 kunlik natijalari sarhisob qilindi

Ijtimoiy-iqtisodiy islohotlar Akseleratori (Akselerator) doirasida vazirliklar va idoralar rahbariyati hamda Birlashgan Arab Amirliklari (BAA) kuratorlari ishtirokida onlayn konferensiya o‘tkazdi.

Konferensiyaning maqsadi - Akcyelerator guruhlari ishini sarhisob qilish va 100 kunlik muddat doirasida ilgari aniqlangan muammolarni baholashdan iborat.

Akcyelerator doirasida 100 kun ichida quyidagi 4 ta yo‘nalish bo‘yicha muammolar hal qilindi:

  • qurilishga ruxsat berish jarayonini soddalashtirish;
  • oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish;
  • shaharlar bosh rejalarni ishlab chiqish;
  • kommunal to‘lovlarning yagona hisob-kitob tizimini yaratish.

Akselerator ishtirokchilari o‘zlari oldiga ulkan maqsadni qo‘ydilar va Birlashgan Arab Amirliklari Hukumati Akseleratori tomonidan ishlab chiqilgan metodologiyadan foydalangan holda aniq ijtimoiy-iqtisodiy muammoni hal qilishdi.

Tadbirda Iqtisodiy tadqiqotlar va islohotlar markazi direktori O. Hakimov, Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligi, Qurilish vazirligi, Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi, Uy-joy kommunal xo‘jaligi vazirligi, Mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash vazirligi, Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi, Davlat soliq qo‘mitasi, Adliya vazirligi, Kadastr agentligi, "Hududiy elektr tarmoqlari" AJ, "Hududgazta’minot" AJ hamda "Mikrokreditbank", "Xalq banki", "Agrobank" va boshqalar ishtirok etdi.

Tadbirda O‘zbekiston tomonidan 70 dan ortiq vazirlik va idoralar vakillari, korxonalar rahbar xodimlari ishtirok etishdi.

Amirlik tomonidan BAA hukumat ishlari vazirligi Bosh direktorining yetakchilik va hukumat salohiyati bo‘yicha yordamchisi doktor Yassir Al-Naqbi va BAA Hukumat Akseleratori direktori doktor Radhiya al-Xashimiy qatnashdilar.

Ma’lumot uchun: Akseleratorning asosiy vazifasi bu - davlat organlari va tashkilotlari resurslarini jalb qilish orqali ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish sohasidagi dolzarb muammolarni jadallik bilan tezkor va samarali hal qilish hisoblanadi. Muammolarni hal qilish muddati odatda 100 kun etib belgilanadi va mazkur muddat davomida davlat idoralari, xususiy sektor va muammoga aloqador boshqa tomonlar ishtirokida Akselerator guruhi o‘z ishini olib boradi.

Belgilangan yo‘nalishlar bo‘yicha muammolarni hal qilish jarayoniga 40 ga yaqin vazirlik va davlat idoralari, xususiy sektor vakillari, ilmiy markazlar va boshqa turdagi tashkilotlar xodimlari jalb qilindi. Garvard universiteti va Birlashgan Arab Amirliklarining Hukumat Akseleratori bilan hamkorlikda ishlab chiqilgan metodikaga asoslangan holda Akcyelerator guruhlari uchun seminarlar tashkil etildi.

Ushbu usul barcha jalb qilingan va manfaatdor tomonlarning hamkorligini kengaytirishga asoslangan noyob modelni amalga oshirishni ta’minlaydi; qisqa muddatda natijalarga hissa qo‘shadigan innovatsion fikrlashni rag‘batlantiradi. Akseleratorning gorizontal boshqaruv tizimi byurokratik to‘siqlarni chetlab o‘tishga, yangi loyihalar va tashabbuslarni sinovdan o‘tkazishga imkon beradi, bu esa butun loyihaning muvaffaqiyatli bo‘lishiga kafolat beradi.

Iqtisodiy tadqiqotlar va islohotlar markazi direktori Obid Hakimov tadbir ishtirokchilari va mehmonlarini qutladi.

Ishtirokchilarga O‘zbekistonda makroiqtisodiy barqarorlikni ta’minlash, iqtisodiyot tarmoqlari va sohalarining uzluksiz ishlashini ta’minlash, mahalliy va xorijiy kompaniyalar faoliyatini rag‘batlantirish, shuningdek, koronavirus pandemiyasiga qarshi kurash paytida aholini samarali ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha ko‘rilayotgan chora-tadbirlar to‘g‘risida ma’lumot berildi.

So‘ngra, BAA Hukumat Akseleratori direktori doktor Radhiya al-Xashimiy konferensiya ishtirokchilariga murojaat qildi. U o‘z nutqida 100 kunlik davrda O‘zbekiston Hukumati Akseleratori hamkorlik, jamoaviy ish va ochiq fikrli madaniyat bugun biz eshitgan muvaffaqiyatli natijaga hissa qo‘shadigan asosiy omil ekanligini isbotlaganini ta’kidladi.

Shuningdek, u O‘zbekiston Hukumati Akseleratori ko‘magida 3-6 oy ichida barqaror rivojlanish sohasida erishayotgan yutuqlarni sabrsizlik bilan kutib qolishini bildirdi.

Tadbir davomida guruh koordinatorlari tomonidan 100 kunlik tegishli yo‘nalishlar bo‘yicha amalga oshirilgan ishlar va erishilgan natijalar taqdim etildi.

Qurilishga ruxsat berish tizimini soddalashtirish

Bugunga qadar Davlat rahbari va Hukumat qator qarorlari qabul qilinib, qurilish sohasida salmoqli ijobiy o‘zgarishlarga erishildi. Jumladan, Qurilishga ruxsat berish jarayoni 84 kunga qisqartirildi. Shu bilan birga, ruxsatnomalarni berish muddatlaridagi kechikishni optimallashtirish va bartaraf etish bo‘yicha keyingi ishlar davom etmoqda.

Tegishli vazirlik va idoralarning har biri ruxsat berish jarayoniga jalb qilingan Davlat xizmatlari agentligi bilan birgalikda o‘zlarining hududiy organlari faoliyatini nazorat qilish va monitoring qilishning elektron tizimini yaratish uchun onlayn platformani birlashtirishni tashkil qilmoqda.

Ruxsatnomalar berish jarayonida ishtirok etuvchi har bir tegishli vazirlik va idoralar tomonidan ularning hududiy organlari faoliyatini nazorat qilish va monitoringini olib borish elektron tarzda tizimli yo‘lga qo‘yish yuzasidan elektron hamkorlik yo‘lga qo‘yildi.

Shaharlarning bosh rejalarini ishlab chiqish

Akselerator guruhi tomonidan 100 kunlik muddat ichida “Hududlarni rivojlantirish va qurilishini rejalashtirish bo‘yicha shaharsozlik hujjatlarining tarkibi, ishlab chiqish, kelishish va tasdiqlash to‘g‘risidagi Yo‘riqnoma (ShNQ 1.03.02-04* 2009 y) qayta ishlab chiqildi.

Yo‘riqnomani qayta ishlab chiqishdan asosiy maqsad, shaharsozlik hujjatlarini ishlab chiqishni soddalashtirish, ishlab chiqish uchun ajratilayotgan mablag‘larni tejash, ishlab chiqilgan shaharsozlik hujjatlarini tegishli vazirlik va idoralar bilan kelishish sohasida bir qator qulayliklar yaratilishi ko‘zda tutilgan. Jumladan:

  1. Har bir tuman, shahar-shaharchalar va qishloq (ovul) aholi punktlari bo‘yicha mahalliy hokimlik organlari tomonidan hokimlikning elektron saytida ma’lumotlar bazasini tashkil etish tartibi joriy etish orqali boshlang‘ich ma’lumotlarni olish soddalashtirildi.
  2. Shaharsozlik hujjatlarini ishlab chiqish bo‘yicha belgilangan tartibni soddalashtirish orqali 14-15 ilovalardan ish hajmi (planshetlar) qisqartirildi.
  3. Shaharsozlik hujjatlarini tegishli vazirlik, idora va tashkilotlar hamda Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar xokimliklari hamda hududiy boshqarmalar va bo‘limlar bilan elektron tartibda kelishishni joriy etish belgilandi.
  4. Buyurtmachi tomonidan kiritilganidan so‘ng bosh rejalarni ishlab chiqish muddati 12 oydan 10 oy muddatga qisqartirilishi belgilandi.
  5. Bosh rejalarni ishlab chiqish uchun ajratilayotgan mablag‘larni 3-19 % gacha kamaytirish bo‘yicha tegishli takliflar ishlab chiqildi.

Kommunal xizmatlarning yagona billing tizimini yaratish sohasidagi muammolarni hal qilish

Amalga oshirilgan chora-tadbirlar natijasida uy-joy kommunal xizmatlarining barcha hisob-kitob tizimlarida ma’lumotlarni qayta ishlash amalga oshirildi va iste’molchilarning JShShIR (PINFL) raqamlarini kommunal korxonalarning billing tizimlariga kiritish va doimiy ma’lumotlar almashinuvini yo‘lga qo‘yildi.

Ta’kidlash lozimki, loyiha doirasida kommunal xizmat korxonalari tomonidan 20 millionga yaqin iste’molchilarning ma’lumotlari qayta ishlandi. Xususan:

- Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi - 4,65 milliondan ortiq abonent;

- "Hududiy elektr tarmoqlari" AJ - 7 milliondan ortiq abonent;

- "Hududgazta’minot" AJ - 3,5 millionga yaqin abonent;

- "O‘zsuvta’minot" AJ - 3,5 millionga yaqin abonent;

- "Toshissiqquvati" DUK - 417 mingdan ortiq abonent.

Bundan tashqari, foydalanuvchilarning kadastr ma’lumotlariga kirish kommunal xizmatlarning talablariga binoan taqdim etilishi belgilab qo‘yildi.

Oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish

"Oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish" loyihasi doirasida Toshkent viloyati Bo‘ka tumanidagi 55 nafar ayollarning ro‘yxati tuzildi, Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi bilan birgalikda ular uchun malaka oshirish kurslari tashkil etildi.

Kurs natijalari bo‘yicha ayollar uchun yuridik shaxslarni ro‘yxatdan o‘tkazishda yordam ko‘rsatildi va Xalq banki, Mikrokreditbank va Agrobank tomonidan imtiyozli kreditlar berildi.

Shu bilan birga, treningni yakunlab, yosh ayol tadbirkorlar kredit olishga shoshilmagani, bu loyihalarni yanada rivojlantirish, rentabellik va o‘zini-o‘zi qoplash bo‘yicha biznes-rejalarni tayyorlash bilan bog‘liqligi kuzatilmoqda, loyihalari bo‘yicha hisob-kitoblari tayyor bo‘lgan tadbirkorlar esa kredit olishga kirishgan.

Loyihani muvofiqlashtirish vazirliklar va idoralar vakillari, Bo‘ka tumani hokimligi rahbariyati ishtirokida maxsus tuzilgan Ishchi guruh tomonidan amalga oshirildi.

Jamoatchilik bilan aloqalar xizmati

Ijtimoiy-iqtisodiy islohotlar Akselerator guruhi


Maqolani ulashing

O'xshash yangiliklar