O‘zbekiston va Belgiya tahliliy markazlari hamkorlikni yo‘lga qo‘yadi

O‘zbekiston va Belgiya tahliliy markazlari hamkorlikni yo‘lga qo‘yadi

Joriy yilning 24 iyul kuni Toshkentda Iqtisodiy tadqiqotlar va islohotlar markazi direktori Obid Hakimov "Diplomatic World Institute" tahliliy markazining loyiha menejeri Alberto Turkstra bilan uchrashdi.

Uchrashuv O‘zbekiston Respublikasining Benilyuks mamlakatlaridagi elchixonasi ko‘magida tashkil etildi.

Obid Hakimov mehmonlarni qutlar ekan, Iqtisodiy tadqiqotlar va islohotlar markazining asosiy maqsad va vazifalari, olib borilayotgan tadqiqotlar va ijtimoiy-iqtisodiy islohotlarni Hukumat Akseleratori faoliyati haqida gapirdi.

Uchrashuvda tomonlar bugungi kunda O‘zbekistonda amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli o‘zgarishlar, davlatning dunyo miqyosidagi, jumladan, Markaziy va Janubiy Osiyodagi yangilangan tashqi siyosati hamkorlikning bugungi holati va rivojlanish istiqbollarini batafsil ko‘rib chiqdilar.

A. Turkstra mamlakatimiz rahbariyati tomonidan amalga oshirilayotgan islohotlarni qo‘llab-quvvatlashini ta’kidladi. Uning aytishicha, Markaziy Osiyo, jumladan, O‘zbekistondagi vaziyat bilan yaxshi tanish. Ekspert O‘zbekistonda davlat boshqaruvini takomillashtirish borasida amalga oshirilayotgan so‘nggi o‘zgarishlar va islohotlar juda muhim va o‘z vaqtida amalga oshirilayotganini ta’kidladi.

Uchrashuv yakunlari bo‘yicha ikki tadqiqot markazi o‘rtasida yaqin hamkorlikni yo‘lga qo‘yish to‘g‘risida dastlabki kelishuvga erishildi.

Iqtisodiy tadqiqotlar va islohotlar markazi

jamoatchilik bilan aloqalar xizmati


Maqolani ulashing

O'xshash yangiliklar