Dastlabki ma’lumotlarga bo‘yicha 2023 yilning yanvar-mart oylarida viloyat korxonalari tomonidan 48 429,7 mlrd. so‘mlik sanoat mahsulotlari ishlab chiqarilgan bo‘lib, 2022 yilning mos davriga nisbatan sanoat ishlab chiqarishining fizik hajm indeksi 106,1% ni tashkil etdi.
Sanoat ishlab chiqarishi tarkibida eng katta ulush ishlab chiqaradigan sanoat hissasiga to‘g‘ri kelib, uning jami sanoat ishlab chiqarishidagi ulushi 98 %ni tashkil etdi. Shuningdek, tog‘-kon sanoati ulushi - 1,1%, elektr ta’minoti, gaz, bug‘ yetkazib berish va sun’iy iqlim hosil qilish ulushi – 0,6%, suv ta’minoti, oqava suv, chiqindilarni yig‘ish va utilizatsiya qilish ulushi – 0,2%ni tashkil etilgani qayd etildi.
Ishlab chiqaradigan sanoat tarkibida avtotransport vositalari, treylerlar va yarim pritseplar ishlab chiqarish (65,9%), to‘qimachilik mahsulotlari ishlab chiqarish (11,5%), kiyim ishlab chiqarish (10,9%) va oziq-ovqat mahsulotlari ishlab chiqarish (4,0%) yo‘nalishlari eng yuqori ulushga ega.
Viloyat YaHM tarkibidagi sanoat ulushi 24,1% ni tashkil etib, 2022 yil hisobot davriga nisbatan 1,7 punktga ko‘tarilgan.
Hududlar kesimida viloyat sanoat ishlab chiqarish hajmi tarkibida eng ko‘p ulush Asaka tumani (viloyat sanoat ishlab chiqarish hajmining 56,5 %ni) hamda Andijon (13,8%) va Xonobod (4,1%) shaharlari hissasiga to‘g‘ri kelmoqda.
Eng past ko‘rsatkich esa Ulug‘nor (0,7%), Bo‘ston (0,7%) va Buloqboshi (0,7%) tumanlariga to‘g‘ri kelgan.
Sanoat ishlab chiqarishining fizik hajmning eng yuqori o‘sish sur’atlari Andijon (108,2%), Ulug‘nor (108,0%) va Asaka (107,0%) tumanlarida qayd etilgan bo‘lsa, Izbosgan (102,3%), Paxtaobod (102,2%) va Xo‘jaobod (102,1%) tumanlarida ishlab chiqarilgan mahsulot hajmi pasaygani kuzatildi.
Aholi jon boshiga sanoat mahsulotlari ishlab chiqarishning taqsimlanishi viloyat bo‘yicha o‘rtacha 14 459,3 ming so‘mni, hududlar kesimida esa yirik sanoat korxonalari joylashganligi hisobiga Asaka tumani (78 174 ming so‘m), Xonobod shahar (44 182,3 ming so‘m) va Xo‘jaobod shahrida (14 659,5 ming so‘m) o‘rtacha viloyat darajasi ko‘rsatkichidan yuqoriligini ko‘rsatmoqda.
2023 yilning yanvar-sentyabr oylarida viloyatda 674 ta yangi sanoat korxonalari tashkil etilib, bugungi kunda viloyatda 5544 dona sanoat korxonalari faoliyat ko‘rsatmoqda.
Iste’mol mahsulotlari ishlab chiqarish hajmi 33 740,6 mlrd. so‘mni yoki 2022 yilning mos davriga nisbatan 6,1% ni, va uning jami sanoatdagi ulushi 69,7% ni tashkil etdi.
Hududlar kesimida iste’mol mahsulotlari ishlab chiqarilishining viloyat jami hajmidagi eng yuqori ulushi Asaka tumanida to‘g‘ri kelib, 78,1% ni, shuningdek, Xo‘jaobod tumanida 4,3% ni, Andijon shahariga 2,5% ni, Shahrixon tumanida 2,0% ni hamda Oltinko‘l tumaniga 2,0% ni tashkil etdi.
Viloyat bo‘yicha aholi jon boshiga iste’mol mahsulotlari ishlab chiqarilishi o‘rtacha 10 073,7 ming so‘mni tashkil etib, Asaka (75 202,4 ming so‘m) va Xo‘jaobod (12 215,4 ming so‘m) tumanlarida viloyat ko‘rsatkichidan yuqori natijaga erishilgan.
Izoh qoldirish