“Aqlli qishloq xo‘jaligi” va raqamli texnologiyalar joriy etiladi

“Aqlli qishloq xo‘jaligi” va raqamli texnologiyalar joriy etiladi

Hukumatning 15 dekabrdagi qarori bilan Agrar ta’lim tizimining 2030 yilgacha bo‘lgan innovatsion rivojlanish strategiyasi tasdiqlandi.

Qarorga muvofiq, qishloq xo‘jaligida “Aqlli qishloq xo‘jaligi” (Smart agriculture) va raqamli texnologiyalar joriy qilinadi.

Strategiyaga ko‘ra, 2030 yilga qadar, jumladan:

➖ 30 ta xorijiy OTM bilan hamkorlikda qo‘shma ta’lim dasturlari tashkil etiladi;

➖ qishloq xo‘jaligi sohasida ko‘rsatiladigan interaktiv xizmatlari soni 20 taga yetkaziladi;

Agrar ta’lim tizimidagi OTMlarni dunyoning nufuzli 1000 ta oliy ta’lim muassasalari ro‘yxati (QS reyting tizimi)ga kiritish choralari ko‘riladi.

2020/2021 o‘quv yilidan sohadagi barcha bakalavriat ta’lim yo‘nalishlari va magistratura mutaxassisliklarida ta’limning kredit-modul tizimi bosqichma-bosqich joriy etiladi.

Toshkent davlat agrar universitetining Nukus, Termiz va Samarqand filiallari institutga aylantiriladi.

Maqolani ulashing

O'xshash yangiliklar