Buxoro viloyati hokimi viloyat aholisiga murojaat qildi

Buxoro viloyati hokimi viloyat aholisiga murojaat qildi

Respublikamizda so‘nggi yillarda tuman, shahar va viloyat hokimlari tomonidan har yilgi joriy yilda amalga oshirilgan asosiy ishlar yakuni hamda kelgusi yilda hududni kompleks rivojlantirishga bag‘ishlangan xalqqa murojaatlari an’anaga aylanib bormoqda. 2021 yilni 17 dekabr kuni Buxoro viloyat hokimi B.Zaripov Xalq deputatlari Buxoro viloyati Kengashining navbatdagi sessiyasida Buxoro viloyatida 2021 yil ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish yakunlari va 2022 yil uchun belgilangan ustuvor yo‘nalishlari, shuningdek, viloyatning iqtisodiy ko‘rsatkichlarini va aholini turmush farovonligini oshirish bo‘yicha erishilishi kutilayotgan keyingi 5 yillik rejasi bo‘yicha murojaati qildi.

Sessiya ishida viloyatdan saylangan Oliy Majlis Senati a’zolari, xalq deputatlari viloyat Kengashi deputatlari, doimiy komissiyalar raislari, viloyat hokimi o‘rinbosarlari, shahar-tumanlar hokimlari, siyosiy partiyalar, jamoat tashkilotlari, boshqarma va tashkilotlar, huquqni muhofaza qiluvchi organlar rahbarlari hamda ommaviy axborot vositalari vakillari ishtirok etishdi.

Iqtisodiy tadqiqotlar va islohotlar markazi Samarqand filiali mutaxassislari tomonidan ushbu murojaatning lingvistik kontent-tahlili o‘tkazildi. Ekspertlar tasviriy ifodalovchi so‘zlar orqali viloyat hokimining hududni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishda ko‘proq e’tiborni qaysi soha va tarmoqqa qaratayotganini aniqlashdi.

Viloyat hokimi o‘z murojatnomasida jami 9120 ta so‘zdan foydalangan va eng ko‘p e’tibor qaratgan yo‘nalish – bu “xizmat” – 43 marta,mahsulot” - 32 marta, sanoat” - 25 marta, ta’lim” - 52 marta,qiymat” - 33 marta, ichimlik” – 28 marta, turizm” - 15 marta, “yoshlar” – 21 marta, “tadbirkor” - 23 marta, “mahalliy” - 31 marta, “rekonstruksiya ” - 16 marta, “investitsiya-investor” – so‘zlari 20 marta, “eksport”- 4 marta, “import”- ishlatilmagan, “xorijiy” – 16 marta, “elektr” – 32 marta, “gaz” – 16 marta, “oilaviy” – 12 marta, “daftar” – 10 marta, “tibbiyot” – 26 marta, “maktab (maktabgacha)” – so‘zlari 50 martadan ishlatilgan.

“Xizmat”, “mahsulot”, “sanoat” va “qiymat” yo‘nalishlari bo‘yicha to‘xtalib o‘tadigan bo‘lsak, joriy yil yakunlariga ko‘ra viloyatda yalpi hududiy mahsulot hajmi 37 trln.so‘mni, o‘sish sur’ati esa 107 foizni tashkil etishi kutilmoqda. Jumladan, 30,2 trln.so‘mlik qishloq xo‘jaligi mahsulotlari yetishtirilib, o‘sish sur’ati 106,1 foizni, sanoat mahsulotlari ishlab chiqarish hajmi 19,5 trln.so‘mga yetib, o‘sish sur’ati 103,2 foizni, xizmatlar hajmi 13,8 trln.so‘mni va o‘sish sur’ati 128,5 foizni tashkil etishi kutilmoqda.

Kelgusi 5 yillikda esa yalpi hududiy mahsulot hajmi 43,2 trln. so‘mdan 73,5 trln.so‘mga (1,5 barobar), sanoat mahsulotlari ishlab chiqarish hajmi 22,2 trln. so‘mdan 40,8 trln.so‘mga (1,5 barobar), qurilish pudrat ishlari hajmi 8 trln.so‘mdan 13,8 trln.so‘mga (1,5 barobar), qishloq xo‘jaligi hajmi 33,1 trln.so‘mdan 52,1 trln.so‘mga (1,2 barobar) hamda xizmat ko‘rsatish hajmi 18,9 trln.so‘mdan 57,1 trln.so‘mga (2,7 barobar) yetkazish rejalashtirilgan.

Bu orqali 2026 yilga borib aholi jon boshiga yalpi hududiy mahsulot hajmi 35,1 mln.so‘m (1,3 barobar), qishloq xo‘jaligi mahsulotlari hajmi 24,9 mln.so‘m (1,1 barobar), sanoat 19,5 mln.so‘m (1,4 barobar) hamda xizmat 27,3 mln.so‘mga (2,5 barovar) yetishi ta’minlanadi.

Mahalliy sanoatni rivojlantirish va hududiy investitsiya dasturlarini amalga oshirish bo‘yicha viloyatda 2022 yilda umumiy qiymati 3319,9 mlrd so‘mlik 157 ta loyihalar amalga oshirilishi hamda 5084 ta yangi ish o‘rinlari tashkil etilishi belgilangan.

2022 yilda tumanlarda qishloq xo‘jaligi va tomorqalarni rivojlantirish bo‘yicha qishloq xo‘jaligi klasterlari faoliyatini qo‘llab-quvvatlash maqsadida paxtachilik va g‘allachilik klaster korxonalari tomonidan qiymati 2 657 mlrd.so‘m qiymatga ega bo‘lgan 32 ta loyiha belgilab olindi. Loyihalarning amalga oshirilishi hisobiga 10 mingga yaqin yangi ish o‘rinlari yaratiladi.

2022-2026 yillar davomida chorvachilik, parrandachilik, qorako‘lchilik va pillachilik sohalarini rivojlantirish maqsadida quyidagi loyihalar amalga oshiriladi, ya’ni: umumiy qiymati 2,9 trln.so‘mlik 263 ta yangi loyihalarni amalga oshirish orqali chetdan 72,8 ming bosh naslli qoramol olib kelinadi hamda 7 mingdan ziyod yangi ish o‘rni, parrandachilik sohasida umumiy qiymati 806 mlrd.so‘mlik 300 ta yangi loyihalarni amalga oshirish orqali 6 mingdan ziyod yangi ish o‘rni, qorako‘lchilik sohasida umumiy qiymati 26,8 mlrd.so‘mlik 30 ta yangi loyihalarni amalaga oshirish va chetdan 14,2 ming bosh mayda shoxli mol olib kelish orqali mingdan ziyod yangi ish o‘rni, pillachilik sohasida esa umumiy qiymati 16,2 mlrd.so‘mlik 28 ta yangi loyihalarni amalga oshirish orqali 3,8 mingdan ziyod yangi ish o‘rinlari tashkil etiladi.

Mahalliy byudjet” yo‘nalishi bo‘yicha yil yakuniga qadar 2218 mlrd.so‘m (rejaga nisbatan 125 foiz) tushum tushishi ta’minlanib, mahalliy byudjetga 585 mlrd. so‘mlik orttirilgan mablag‘ qolishi kutilmoqda.

Orttirib qoldirilgan mablag‘larning 433 mlrd.so‘mi ijtimoiy soha va aholiga qulay shart-sharoitlar yaratishga, 119 mlrd.so‘mi Yoshlar va Ayollar daftarlari jamg‘armalariga hamda 26 mlrd.so‘mi harbiy-ma’muriy sektor xarajatlariga sarflanmoqda.

Shuningdek, hisob-kitoblarga ko‘ra, kelgusi besh yilda mahalliy byudjet daromadlari 2,9 trln.so‘mdan 4,7 trln.so‘mga yetadi yoki 1,6 barobarga o‘sishga erishiladi.

Umumiy daromadlar esa 19,1 trln.so‘mni, mahalliy byudjet daromadlari 15,1 trln.so‘mni, mahalliy byudjetlar ixtiyorida qoladigan daromadlar 3,0 trln.so‘mni tashkil etadi.

“Ishsizlik” va “kambag‘allikni qisqartirish” yo‘nalishlari bo‘yicha joriy yil yakuniga qadar 44,5 mingta yangi ish o‘rinlari yaratilib, belgilangan rejaga nisbattan 150,5 foizga bajarilishiga erishiladi.

2022 yilda viloyatda ishsizlik darajasini qisqartirish maqsadida 120 mingta ish o‘rinlari yaratilishi rejalashtirilgan, jumladan: oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirishda 800 mlrd.so‘mlik imtiyozli kredit mablag‘lari ajratish orqali 45 mingta, aholiga 6 ming. gektar yer maydonlarini ijara asosida ajratish orqali 25 mingta, hududiy investitsiya dasturlari loyihalari hisobiga 11,3 mingta, yirik tarmoq loyihalari hisobiga 1,6 mingta, davlat va xususiy sektordagi bo‘sh ish o‘rinlari orqali 21,7 mingta, boshqa yo‘nalishlarda 16 mingta yangi ish o‘rinlari yaratiladi.

2022-2026 yillar davomida viloyatda yangi ish o‘rinlari yaratish, aholi daromadlarini oshirish, shu orqali kambag‘allik va ishsizlikni qisqartirish maqsadida 280 mingta yangi ish o‘rinlari yaratish rejalashtirilgan bo‘lib, jumladan, yirik tarmoq investitsiya loyihalari hisobiga 8,4 mingta, hududiy investitsiya loyihalari hisobiga 56,6 mingta, yangi kichik korxona va mikrofirmalar tashkil etiladi va mavjudlarini kengaytirish hisobidan 144,3 mingta, ijtimoiy infratuzilma ob’yektlarini ishga tushirish hisobidan 4,9 mingta, yakka tartibdagi tadbirkorlikni rivojlantirish hisobidan esa 65,8 mingta yangi ish o‘rinlari yaratiladi.

Qorako‘l, Olot, Jondor va Peshku tumanlarida 3 mingta doimiy ish o‘rni yaratish, yiliga 110 mln. dollarlik mahalliy sanoat mahsulotlari ishlab chiqariladi.

“Investitsiya” va “eksport” yo‘nalishlari bo‘yicha viloyatda 2021 yil yakuni bilan 6,6 trln. so‘mlik investitsiyalar o‘zlashtirilishi va 1 229 ta loyihalar ishga tushirilishi hisobiga 12 951 nafar aholi bandligi ta’minlanadi.

2022-2026 yillar davomida 8 mlrd. dollarlik investitsiya loyihalarini amalga oshirish belgilangan bo‘lib, viloyatni rivojlantirish dasturlariga muvofiq, 95,4 trln. so‘mga teng bo‘lgan 5 000 ta loyiha ishga tushiriladi hamda 65 000 ta yangi ish o‘rinlari yaratiladi.

Shuningdek, ushbu davrda qiymati 5 870,0 mln. dollarga teng to‘g‘ridan-to‘g‘ri xorijiy investitsiyalar va kreditlar jalb etiladi va o‘zlashtiriladi.

Tovarlar va xizmatlar eksporti hajmini 6,1 barobarga oshirish va 1 002,0 mln. dollarga yetkazish rejalashtirilmoqda.

Qorako‘l tumanida qiymati 2,7 mln. dollarlik, yiliga 1,3 milliard kub metr gazni qayta ishlaydigan gaz-kimyo kompleksi barpo etiladi. Eng zamonaviy texnologiyalar asosida, yiliga 770 ming tonna polimerlar ishlab chiqarilishi yo‘lga qo‘yiladi.

Joriy yilda “Obod qishloq” va “Obod mahalla” dasturlarini ijrosi bo‘yicha jami 476 ta MFYda qurilish-ta’mirlash va obodonlashtirish ishlari amalga oshirildi.

“Obod qishloq” va “Obod mahalla” dasturlarini amalga oshirish bo‘yicha 2022 yilda 22 ta qishloqlarda va shaharlardagi 4 ta mahallalarda ijtimoiy soha va infratuzilma ob’yektlarida qurilish va ta’mirlash ishlari uchun 296,3 mlrd. so‘m mablag‘ ajratish ko‘zda tutilmoqda.

Mazkur mablag‘lar hisobidan 21 ta maktablar, 13 ta maktabgacha ta’lim muassasalari, 13 ta sog‘liqni saqlash muassasalarida qurilish va ta’mirlash ishlari amalga oshiriladi.

Shu bilan birga, 273,0 km ichimlik suv tarmoqlarini qurish va ta’mirlash, 232 km avtomobil yo‘llari ta’mirlash, xususan, 198,2 km yo‘llar asfaltlashtirish, 33,8 km yo‘llarni shag‘alashtirish rejalashtirilmoqda.

Shuningdek, tarmoq korxonalari hisobidan 117 km elektr tarmoqlari, 31,3 km tabiiy gaz tarmoqlari quriladi va rekonstruksiya qilinadi.

Kelgusi besh yilda “Obod qishloq” va “Obod mahalla” dasturlari doirasida 110 ta qishloq va 20 ta mahallani obodonlashtirish ishlariga byudjetdan 2,1 trln.so‘m mablag‘ ajratilishi ko‘zda tutilmoqda.

Urbanizatsiya dasturi hamda aholini uy-joy bilan ta’minlash maqsadida 611 ta 18 064 xonadonli ko‘p kvartirali uy-joylar quriladi.

Xususan, “Yangi O‘zbekiston” dasturi doirasida tashabuskor tadbirkorlarning jami 768,3 mlrd.so‘m mablag‘lar hisobidan 197 ta 3940 xonadonli ko‘p kvartirali uy-joylar, ishlab chiqarish, sanoat va ijtimoiy infrastruktura ob’yektlarini o‘z ichiga olgan “Yangi O‘zbekiston massivlari” barpo etiladi.

Aholining “uy-joy va kommunal xizmatlari bilan ta’minlash” va “yashash sharoitlarini yaxshilash” yo‘nalishlarida joriy yilda jami 77 ta 2280 ta xonadonli ko‘p qavatli uylar qurilmoqda. Qurilayotgan mazkur uylar uy-joy sharoitlarini yaxshilashga muhtoj 1790 nafar fuqarolarga ajratilib, Davlat byudjetidan ipoteka krediti dastlabki badalining bir qismini qoplash uchun 92,0 mlrd.so‘m subsidiyalar ajratiladi. Joriy yilda 2 trln. 619 mlrd.so‘m uy-joy qurish, “Yangi O‘zbekiston” massivlarini barpo etishga yo‘naltiriladi, viloyatda 2022 yilda 106 ta 3008 xonadonli ko‘p qavatli uy-joylar quriladi.

Viloyatda iste’molchilarning elektr ta’minoti tizimini yaxshilash maqsadida tasdiqlangan dastur doirasida jami 154,5 mlrd. so‘m mablag‘lar hisobidan, 1100,0 km uzunlikdagi elektr tarmoqlari va 293 ta tranformatorlarni qurish va ta’mirlash ishlari olib borildi.

Kelgusi yilda elektr-energiyasi ta’minotini yaxshilash maqsadida 228,4 mlrd.so‘m mablag‘lar hisobidan 1058,3 km elektr tarmoqlari va 288 ta transformator punktlari hamda 12 ta podstansiyalarni qurish va rekonstruksiya qilish ishlari amalga oshiriladi.

2022-2026 yillarda elektr energiyasi ta’minotini yaxshilash maqsadida 5574 km elektr tarmoqlarini tortish va 1481 ta transformator punktlarini o‘rnatish hamda 27 ta podstansiyalarni qurish va rekonstruksiya qilish rejalashtirilgan. Bu ishlarga tarmoq korxonalari mablag‘lari hisobidan 1 117,8 mlrd.so‘m ajratiladi. Viloyatda 1,6 mln. dollar to‘g‘ridan-to‘g‘ri xorijiy investitsiya hisobidan, 4 ta shamol, quyosh va issiqlik elektr stansiyalarini barpo etiladi.

Ushbu stansiyalar yiliga 6,3 milliard kilo-vatt soat yoki viloyat ehtiyojiga nisbatan ikki barobar ko‘p elektr energiyasi ishlab chiqaradi.

2023 yilda Peshku va G‘ijduvonda jami quvvati 1 ming mega-vatt bo‘lgan 2 ta shamol elektr stansiyasi, 2022 yilda Buxoro tumanida 270 mega-vatt bo‘lgan gaz-porshenli issiqlik elektr stansiyasi, 2025 yilda XMK texnik ko‘magida Olot tumanida quvvati 250 mega-vatt bo‘lgan quyosh fotoelektr stansiyasining qurilishi rejalashtirilmoqda.

Aholining tabiiy gaz ta’minoti tizimini yaxshilash maqsadida jami 6,62 mlrd. so‘m mablag‘lar hisobidan 55,1 km gaz tarmoqlari hamda 133 ta gaz taqsimlash punktlarida qurilish va ta’mirlash ishlari bajarildi.

Aloqa va axborotlashtirish tizimini yaxshilash maqsadida jami 8,37 mlrd. so‘m mablag‘lar evaziga, 290 km optik tolali aloqa tarmoqlari tortilib, 107 ta bazaviy stansiyalar qurildi.

Shaharlar va tumanlardagi avtomobil yo‘llari holatini yaxshilash maqsadida tasdiqlangan dasturlar doirasida respublika byudjetidan ajratilgan jami 524,6 mlrd.so‘m mablag‘lar hisobidan 1156 km ichki yo‘llar ta’mirlandi, xususan 816,8 km yo‘llar asfaltlashtirilib 340 km tuproq yo‘llarga shag‘al yotqizildi hamda 57 ta ko‘prik ta’mirlandi. Shu bilan bir qatorda mahaliy byudjetdan ajratilgan jami 2,0 mlrd. so‘m mablag‘lar hisobidan tumanlardagi 1000 km ga yaqin tuproq yo‘llar shag‘allashtirildi.

2022 yilda mahallalarda ichki yo‘llar, ichimlik suvi, elektr energiyasi ta’minotini yaxshilash loyihalarini ishlab chiqish va moliyalashtirish bo‘yicha 418,2 km (umumfoydalanuvdagi yo‘llar 175,7 km, ichki yo‘llar 242,5 km) avtomobil yo‘llar rekonstruksiya qilinadi va ta’mirlanadi. Mazkur ishlarga jami 1103,5 mlrd.so‘m (Xalqaro moliya institutlari kredit mablag‘laridan 971,0 mlrd.so‘m hamda byudjet mablag‘laridan 132,5 mlrd.so‘m sarflanadi.

Avtomobil yo‘llarini qurish va ta’mirlash borasida 2022-2026 yillarda jami 3742 km shundan, 380 km xalqaro va 866 km davlat ahamiyatidagi yo‘llar, 1652 km. mahalliy ahamiyatidagi va 844 km. ichki yo‘llarda hamda 412 ta ko‘priklarda qurilish-ta’mirlash ishlari amalga oshiriladi. Ushbu ishlar uchun jami 6132,4 mlrd.so‘m, xususan, XMI kredit mablag‘laridan 2875,1 mlrd.so‘m hamda byudjet mablag‘laridan 3257,1 mlrd.so‘m sarflanadi.

Buning natijasida, kelgusi 5 yilda umumfoydalanuvdagi yo‘llarning ta’mirlanganlik darajasi 100 foizga, ichki yo‘llarning ta’mirlanganlik darajasi 55 foizdan – 74 foizga yetkaziladi.

Joriy yilda tumanlar aholisini markazlashtirilgan ichimlik suvi bilan ta’minlash borasida qiymati 139 mln. dollar (Jahon banki krediti – 82 mln.doll.) bo‘lgan “Olot va Qorako‘l tumanlari ichimlik suv ta’minotini yaxshilash” loyihasi yakuniga yetkazildi va ushbu tumanlarda 200 mingdan ortiq aholi ilk bor markazlashgan sifatli ichimlik suvi bilan ta’minlandi.

Ichimlik va oqova suvi ta’minotini yaxshilash borasida 2022 yilda 346,2 km ichimlik suvi hamda 12,8 km oqova suvi tarmoqlarini tortish, 11 ta ichimlik suvi va oqova inshootlarini qurish rejalashtirilgan bo‘lib mazkur maqsadlarga jami 46,1 mlrd.so‘m Respublika byudjeti va 171,5 mlrd.so‘m Xalqaro moliya institutlari mablag‘lar yo‘naltirish ko‘zda tutilmoqda.

Toza ichimlik suvi bilan ta’minlash darajasi 69 foizdan 73 foizga yetkaziladi.

2022-2026 yillarda ichimlik suv ta’minoti va oqava tizimini yaxshilash borasida jami 2435 km ichimlik suvi hamda 625 km oqova tarmoqlarini tortish, 121 ta ichimlik suvi va oqova inshootlarini qurish mo‘ljallangan. Bu orqali viloyat aholisining 93 foizi markazlashtirilgan ichimlik suvi bilan ta’minlanadi. Mazkur maqsadlarga 4035 mlrd.so‘m yo‘naltirilishi rejalashtirilmoqda.

Turizm sohasida joriy yilda 78 ta yangi katta-kichik mehmonxonalar tashkil etilishi evaziga ular soni 415 taga shundan, mehmonxonalar soni 163 taga, oilaviy mehmon uylari 198 taga, hostel va motellar soni 53 taga yetkazildi. 2021 yilning yanvar-noyabr oylari davomida tashrif buyurgan sayyohlar soni 2,1 mln. nafarga yetib, bunda xorijiy turistlar soni 41,2 ming nafardan oshgani kuzatildi. 78 ta tadbirkorlik sub’yektlariga 1,2 mlrd.so‘mlik soliq imtiyozlari berildi, 27 ta biznes vakillariga 1,6 mlrd.so‘mlik ssudalar ajratildi.

Turizm infratuzilmasini yaxshilash va yangi turizm ob’yektlarini barpo etilishi evaziga 450 dan ortiq qo‘shimcha yangi ish o‘rinlari tashkil etilib, xorijiy sayyohlardan yillik tushum hajmi 60,6 mlrd. so‘mga yetdi.

Kelgusi besh yilda viloyatga xorijiy va mahalliy sayyohlar oqimining oshishini inobatga olib, 2026 yilga qadar jami mehmonxonalar sonini 679 taga yetkazish belgilab olingan.

2026 yilga borib viloyatga tashrif buyuruvchi xorijiy va mahalliy turistlar soni 5,1 million nafarga yetadi. Bunda, mahalliy sayyohlar soni 4,1 mln nafarga va xorijiy sayyohlar soni 1,0 mln nafarga yetkaziladi.

Turizm sohasiga xizmat ko‘rsatish yo‘nalishlarida 5,8 mingta yangi ish o‘rinlari yaratiladi.

Xorijiy va mahalliy turistlar sonini oshirish, ularning viloyatda bo‘lish muddatlarini uzaytirish maqsadida 2022-2026 yillar davomida 60 ta yangi turistik marshrutlar-yo‘nalishlar tashkil qilinadi.

Viloyatning turizm salohiyati yuqori bo‘lgan tuman (shahar)larida 7 ta “Turizm mahallasi”, “Turizm qishlog‘i” va “Turizm ko‘chasi” tashkil etiladi.

2022-2026 yillar davomida Ark qo‘rg‘onining vayron qilingan qismini qayta tiklash, Qorako‘l tumanidagi Poykent arxeologik yodgorligini “Poykent – ochiq osmon ostidagi muzey”ga aylantirish, “Buxoro tarixi muzeyi” loyihalari amalga oshiriladi.

“Ta’lim”, “maktab” va “Sog‘liqni saqlash” yo‘nalishlari bo‘yicha viloyatda maktabgacha ta’lim yoshdagi bolalar qamrov darajasini oshirish maqsadida 72,5 mlrd. so‘m va mahalliy byudjetdan 64,5 mlrd. so‘m mablag‘ ajratilib, 1 725 ta maktabgacha ta’lim tashkilotlarida 110 ming nafar bola qamrab olindi hamda qamrov darajasi 80 foizga yetkazildi.

Umumta’lim maktablarni ta’mirlash va jihozlash uchun 191,8 mlrd. so‘m hamda mahalliy byudjetdan 10 mlrd. so‘m ajratildi.

Umumta’lim maktablarining bitiruvchilari 2021 yilda 12034 nafari (32,9%) oliy ta’lim kirgan bo‘lsa, 2026 yiga kelib esa ushbu ko‘rsatkichni 8078 nafarga (41,2%) yetkazish rejalashtirilgan.

Kelgusi besh yilda maktabgacha ta’lim yoshdagi bolalar qamrovini viloyatda oshirish maqsadida davlat maktabgacha ta’lim tashkilotlarini qurish, davlat-xususiy sherikchilik loyihalarini tashkil qilish uchun imtiyozli kredit mablag‘lari ajratish, oilaviy nodavlat maktabgacha ta’lim tashkilotlari tashkil qilish, muqobil ta’lim shakllarni joriy etish oqali Olot (87,7%), Qorako‘l (86,3%), Buxoro (85,4%), Kogon (79,5%), Jondor (85,3%) tumanlarida qamrov darajasini oshiriladi.

2022-2026 yillarda ijtimoiy soha ob’yektlari bo‘lgan umumta’lim maktablari, maktabgacha ta’lim muassasalari, sog‘liqni saqlash tashkilotlarini qurish va ta’mirlash hamda iste’molchilarni elektr energiyasi, markazlashtirilgan ichimlik suv ta’minotini yaxshilash, avtomobil yo‘llari ravonligini oshirish maqsadida jami 15,9 trln. so‘m mablag‘lar o‘zlashtiriladi.

Oliy ta’limga qamrov darajasini oshirish maqsadida 2022-2026 yillarda oliy ta’lim muassasalari soni 6 tadan 10 taga yetkaziladi. Shu bilan birga, mavjud oliy ta’lim muassasalarida 15 ta o‘quv, 8 ta yotoqxona binolarini qurish, rekonstruksiya qilish va mukammal ta’mirlash ishlariga jami 450,5 mlrd.so‘m yo‘naltiriladi.

Joriy yilda markazlashtirilgan manbalar hisobidan 27 ta sog‘liqni saqlash ob’yektlari qurilish va ta’mirlash ishlari olib borildi, xususan 20 ta qishloq vrachlik punktlari va oilaviy poliklinikalar, 7 ta markaziy shifoxona hamda klinikalarda qurilish-ta’mirlash ishlari bajarildi.

Birlamchi tibbiy xizmat ko‘rsatish sifatini yaxshilash borasida 2022-2026 yillarda aholi salomatligi, surunkali kasalliklarni davolash va profilaktika qilish, sifatli va malakali tibbiy xizmatlarni mahallagacha yetkazilishini ta’minlash maqsadida byudjetdan 612,5 mlrd.so‘m mablag‘lar ajratilishi hisobiga 121 ta sog‘liqni saqlash muassasalarini qurish, rekonstrutsiya hamda joriy ta’mirlash ishlari olib boriladi.

Kelgusi besh yilda Buxoro shahrida “tibbiyot shaharchasi” tashkil qilish loyihasi doirasida umumiy qiymati 15,4 mln. dollar, shundan bank krediti 3,4 mln. dollar bo‘lgan 18 ta loyiha amalga oshirilmoqda. Buxoro davlat tibbiyot institutining yangi klinikasini to‘laqonli faoliyat yuritishi uchun byudjet mablag‘lari hisobidan qiymati 5,3 mln. dollar bo‘lgan zamonaviy tibbiy jihoz va uskunalar bilan ta’minlanadi.

2022 yilda “temir daftar”, “ayollar daftari” va “yoshlar daftari” tizimi bo‘yicha ishlarni tashkil etish, aholini ijtimoiy himoya qilish bo‘yicha, “Ayollar daftari”ga kiritilishi rejalashtirilgan xotin-qizlarning 12113 nafari bandligi ta’minlanadi, 164 nafar boquvchisini yo‘qotgan ehtiyojmand, og‘ir ijtimoiy ahvolda, uy-joyga muhtoj xotin-qizlar uy-joy bilan ta’minlanadi, 89 nafar nogironligi bo‘lgan ayollarga jarrohlik amaliyoti o‘tkaziladi, 233 nafar og‘ir turmush sharoitida yashayotgan nogironligi bo‘lgan xotin-qizlar reabilitatsiya vositalari bilan ta’minlanadi, 2799 nafar ayollar onlayn va oflayn tarzda o‘qitilib, bandligi ta’minlanadi, 1388 nafar xotin-qizlar kasb-hunarga o‘qitiladi, 4082 nafar ijtimoiy himoyaga muhtoj xotin-qizlarga moddiy yordam ko‘rsatiladi, 11094 nafar xotin-qizlarga tadbirkorlik bilan shug‘ullanishiga ko‘maklashiladi.

“Yoshlar daftari”dagi yoshlar bilan ish bilan ta’minlash maqsadida ustoz-shogird loyihasi doirasida hunar va tadbirkorlik ko‘nikmalarini o‘rgatish orqali jami 32 ming nafar yigit-qizlarning bandligi ta’minlanishi rejalashtirilmoqda.

“Yashil makon” umummilliy loyihasi doirasida mahallalarda daraxt ekish va ko‘kalamzorlashtirish tadbirlarini amalga oshirish bo‘yicha Viloyatda 2021 yil kuz va 2022 yil bahor mavsumlarida jami 15,5 mln. dona, shundan kuz mavsumida 5,8 mln. dona va 2022 yilning bahor mavsumida 9,6 mln. dona manzarali, mevali daraxt va buta ko‘chatlari ekish rejalashtirilgan.

2022 yilda “Bukhara City” majmuasini barpo etilishi bo‘yicha 24,9 gektarda 38 lotdan iborat turar joy (birinchi va ikkinchi qavatlarida tijorat ob’yektlari) binosi ko‘zda tutilgan.

2022-2026 yillarda tumanlarda jami 221,6 gektardan iborat 42 ta yangi kichik sanoat va Yoshlar tadbirkorlik sanoat zonalari tashkil etiladi.

Yoshlarni har tomonlama qo‘llab quvvatlash hamda IT sohasini viloyatda rivojlantirish maqsadida Qorako‘l tumanida umumiy maydoni 13,2 gektar 16 ta binodan IT klasteri tashkil etiladi.

Viloyatda 2022-2026 yillarda yer maydonlaridan samarali foydalanishni tashkil etish maqsadida, 200 ming gektar oborotdan chiqqan yerlar foydalanishga qaytariladi, aholi xonadonlaridagi jami 14 ming gektar maydonda issiqxonalar quriladi hamda 15 ming gektar qishloq xo‘jaligi yerlari aholiga ijaraga beriladi va natijada 1 gektar yerdan olinadigan daromad 7 ming dollarga yetadi (2 barobarga oshadi).

2022-2026 yillar davomida qo‘shimcha 2 ming gektar maydonda sabzovot yetishtirish, 9 ming gektar intensiv bog‘, 7,5 ming gektar intensiv uzumzorlar tashkil etilib, 10 mingta yangi ish o‘rinlari yaratiladi.

Umumiy qiymati 1,1 trln.so‘mlik 45 ta meva-sabzavotchilik loyihalari amalga oshirilib, 2 ming nafar aholi bandligi ta’minlanadi.

Maqolani ulashing

O'xshash yangiliklar