Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, 2023 yilning yanvar-sentyabr oylarida viloyatda xizmatlar sohasining umumiy hajmi 13 726,3 mlrd. so‘mni, shu jumladan, kichik tadbirkorlik sohalarida ko‘rsatilgan xizmatlar – 60,9% va jami korxonalarda xizmatlar sohasidagi korxonalar ulushi 68,0% tashkil etib, 2022 yilning mos davriga nisbatan 109,3%ga o‘sishga erishdi.
Hisobot davrida viloyat ko‘rsatkichidan yuqori o‘sish sur’atlari Buxoro (115,0%) va Kogon (112,2%) shaharlari, Qorovulbozor (113,0%), Romitan (109,8%), Olot (108,9%), Kogon (108,7%), Buxoro (108,5%) tumanlarida kuzatilgan bo‘lsa, Vobkent (88,1%) va Shofirkon (106,0%) tumanlarida aksincha, o‘sish sur’atlari pastligi qayd etilgan.
Shahar va tumanlar kesimida xizmatlar sohasining eng yuqori hajmi Buxoro (5 262,5 mlrd. so‘m) shahar, G‘ijduvon (1 697,7 mlrd. so‘m), Vobkent (916,4 mlrd. so‘m), Romitan(790,6 mlrd. so‘m) tumanlarida qayd etildi. Aksincha eng kam hajmga ega hududlarga Qorovulbozor (273,1 mlrd. so‘m) va Kogon (457,1 mlrd. so‘m) tumanlarini keltirib o‘tish mumkin.
Aholi jon boshiga ko‘rsatilgan xizmatlarining hajmi 6 787,5 ming so‘mni tashkil etib, 2022 yilning mos davriga nisbatan 107,5%ga o‘sishga erishdi.
Hisobot davrida xizmatlar sohasining asosiy turlari bo‘yicha ko‘rsatkichlari quyidagicha aks etdi, aloqa va axborotlashtirish xizmatlari 546,7 mlrd. so‘m, moliyaviy xizmatlar 2 899,6 mlrd. so‘m, transport xizmatlari 2 856,9 mlrd. so‘m, avtotransport xizmatlari 2 574,7 mlrd. so‘m, Yashash va ovqatlanish xizmatlari 537,3 mlrd. so‘m, Savdo xizmatlari 4 167,6 mlrd. so‘m, ko‘chmas mulk bilan bog‘liq xizmatlar 262,8 mlrd. so‘m, ta’lim sohasidagi xizmatlar 756,4 mlrd. so‘m, sog‘liqni salash sohasidagi xizmatlar 266,5 mlrd. so‘m, ijara xizmatlari 286,8 mlrd. so‘m, kompyuter va maishiy tovarlarni ta’mirlash bo‘yicha xizmatlar 284,6 mlrd. so‘m, shaxsiy xizmatlar 318,6 mlrd. so‘m, me’morchilik, muhandislik izlanishlari, texnik sinovlar va tahlil sohasidagi xizmatlar 124,7 mlrd. so‘m va boshqa turdagi xizmatlar 417,8 mlrd. so‘mni tashkil qildi.
Izoh qoldirish