Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, 2024 yilning yanvar-avgust oylarida viloyatda xizmatlar sohasining umumiy hajmi 21 911,9 mlrd. so‘mni, shu jumladan, kichik tadbirkorlik sohalarida ko‘rsatilgan xizmatlar – 64,7% va jami korxonalarda xizmatlar sohasidagi korxonalar ulushi 75,8% tashkil etib, 2023 yilning mos davriga nisbatan 112,7%ga o‘sishga erishdi.
Hisobot davrida viloyat ko‘rsatkichidan yuqori o‘sish sur’atlari Samarqand (117,3%) va Kattaqo‘rg‘on (112,0%) shaharlari, Samarqand tumani (115,8%), Toyloq tumani (110,1%), Pastdarg‘om (109,7%) tumanlarida kuzatilgan bo‘lsa, Oqdaryo (107,8%), Bulung‘ur (107,9%), Jomboy (107,0%), Kattaqo‘rg‘on (107,6%), Payariq (107,6%) va Paxtachi (107,9%) tumanlarida aksincha, o‘sish sur’atlari pastligi qayd etilgan.
Shahar va tumanlar kesimida xizmatlar sohasining eng yuqori hajmi Samarqand (9 386,2 mlrd. so‘m) shahar, Samarqand (1 513,9 mlrd. so‘m), Pastdarg‘om (1 485,9 mlrd. so‘m), Urgut (1 470,2 mlrd. so‘m) tumanlarida qayd etildi. Aksincha eng kam hajmga ega hududlarga Qo‘shrabod (409,9 mlrd. so‘m), Nurobod (418,9 mlrd. so‘m) va Paxtachi (416,5 mlrd. so‘m) tumanlarini keltirib o‘tish mumkin.
Aholi jon boshiga ko‘rsatilgan xizmatlarining hajmi 5 181,6 ming so‘mni tashkil etib, 2023 yilning mos davriga nisbatan 110,3%ga o‘sishga erishdi.
Hisobot davrida xizmatlar sohasining asosiy turlari bo‘yicha ko‘rsatkichlari quyidagicha aks etdi, aloqa va axborotlashtirish xizmatlari 1 088,9 mlrd. so‘m, moliyaviy xizmatlar 3 525,9 mlrd. so‘m, transport xizmatlari 4 888,3 mlrd. so‘m, shundan avtotransport xizmatlari 4 306,8 mlrd. so‘m, Yashash va ovqatlanish xizmatlari 1 182,6 mlrd. so‘m, Savdo xizmatlari 5 706,9 mlrd. so‘m, ko‘chmas mulk bilan bog‘liq xizmatlar 536,3 mlrd. so‘m, ta’lim sohasidagi xizmatlar 1 039,4 mlrd. so‘m, sog‘liqni salash sohasidagi xizmatlar 508,2 mlrd. so‘m, ijara xizmatlari 653,2 mlrd. so‘m, kompyuter va maishiy tovarlarni ta’mirlash bo‘yicha xizmatlar 641,7 mlrd. so‘m, shaxsiy xizmatlar 988,5 mlrd. so‘m, me’morchilik, muhandislik izlanishlari, texnik sinovlar va tahlil sohasidagi xizmatlar 308,8 mlrd. so‘m va boshqa turdagi xizmatlar 843,3 mlrd. so‘mni tashkil qildi.
G‘olibjon Tursunqulov
Izoh qoldirish