Buxoro viloyatida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021 yil 20 dekabrdagi “Oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish va aholining daromad manbaini kengaytirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PQ-55-sonli qaroriga asosan aholi tadbirkorligini ta’minlash maqsadida 915,0 mlrd.so‘m (shundan, 594,3 mlrd.so‘m ilgari olingan imtiyozli kreditlarning so‘ndirilishi hisobidan) imtiyozli kredit ajratish belgilangan bo‘lib, amalda yil boshidan bugungi (01.12.2022 y.) kungacha barcha jamg‘armalar hisobidan 35 750 nafar fuqaro va tadbirkorlarga 822,3 mlrd. so‘mlik imtiyozli kreditlar yo‘naltirildi.
Shundan:
- “Har bir oila-tadbirkor” dasturi doirasida 34 057 nafar fuqaro va tadbirkorlarga 776,7 mlrd. so‘m;
- Hunarmandchilik jamg‘armasi hisobidan 215 nafar hunarmandga 14 mlrd. so‘m;
- Dehqon fermer xo‘jaliklari va tomorqa yer egalarini qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasi hisobidan 1 460 nafar sub’yektga 31,2 mlrd. so‘m;
- Mahalliy hokimlik huzuridagi jamg‘arma hisobidan 10 nafar tadbirkorlik sub’yektlariga 255 mln. so‘m;
- Xotin-qizlar tadbirkorligini qo‘llab-quvvatlash jamg‘arma hisobidan 8 nafar tadbirkorlik sub’yektlariga 92 mln. so‘m;
Jumladan, naslli qoramolga 145,8 mlrd. so‘m, qo‘ychilikga 109,3 mlrd. so‘m, asalarichilikga 22,3 mlrd. so‘m, issiqxonaga 69,8 mlrd. so‘m, baliqchilikga 9,6 mlrd. so‘m, parrandachilkga 58,4 mlrd. so‘m, hunarmandchilikga 18,3 mlrd. so‘m, bog‘dorchilikga 12,7 mlrd. so‘m, xizmat ko‘rsatish va servisga 302,2 mlrd.so‘m, tikuvchilikga 53,9 mlrd. so‘m va ishlab chiqarishga 19,0 mlrd. so‘m imtiyozli kreditlar ajratilgan.
Joriy yilning o‘tgan davrida investitsion loyihalarni moliyalashtirishga – 1 167,3 mlrd.so‘mlik, aylanma mablag‘larni to‘ldirishga – 1 725,4 mlrd.so‘mlik, qishloq xo‘jaligi mahsulotlari ishlab chiqarishga – 43,0 mlrd.so‘mlik, oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirishga – 822,3 mlrd.so‘mlik va ipoteka dasturlariga – 495,8 mlrd.so‘mlik kreditlar yo‘naltirildi.
Bundan tashqari, keyingi 2023 yilda Oilaviy tadbirkorlik dasturlari doirasida tashkil etilgan “Marketpleys” tizimi Davlat soliq qo‘mitasining “E-aktiv” tizimi bilan integratsiyalashtirish orqali arzon mahsulot yetkazib berish va monitoring qilishning yangi tizimi ishga tushirilishi, ajratiladigan kreditlarning yillik foiz stavkalari birinchi 3 ta toifaga kiruvchi tuman (shahar)larga 14 foiz, 4 va 5-toifadagi tuman (shahar)larga 12 foiz darajasida belgilanishi, Tadbirkorlik faoliyatini qo‘llab-quvvatlash davlat jamg‘armasi tomonidan kreditlarga kafillik miqdori 4-toifadagi tuman (shahar)larga amaldagi 50 foizdan 75 foizgacha, 5-toifadagiga – 100 foizgacha oshirilishi, kredit foiz stavkalari bo‘yicha Jamg‘arma tomonidan ajratiladigan kompensatsiya 1-3 toifadagi tuman (shahar)larga 3 foiz (amalda 4,5 foiz) va 4-5 toifalariga – 6 foiz etib belgilanishi rejalashtirilmoqda.
Izoh qoldirish