2023 yilning 1-oktyabr holatiga Buxoro viloyatida doimiy yashovchi aholi soni joriy yil boshiga nisbatan 25,1 ming kishiga yoki 1,2% ko‘payib, jami 2 034,8 ming kishini tashkil etdi. Xususan, shahar aholisi 750,7 ming kishiga (jami aholining 36,9%), qishloq aholisi esa 1 284,1 ming (jami alohiling 63,1%) kishiga yetdi. Buxoro viloyati aholi soni bo‘yicha respublika hududlari ichida 9-o‘rinni egallagan.
Joriy yilning 1-oktyabr holatiga aholi sonining taqsimlanishi 1 020,3 ming erkaklar (50,1%), 1 014,5 ming (49,9%) nafar ayollar hissasiga to‘g‘ri kelgan. Shundan, mehnatga layoqatli yoshdan kichiklar soni 29,5%, mehnatga layoqatli yoshdagilar 57,5% hamda mehnatga layoqatli yoshdan kattalar 13,0%ni tashkil etadi.
Hududlar kesimida qaralganda, G‘ijduvon tumani (321,3 ming), Buxoro shahri (292,9 ming) va Shofirkon tumani (186,0 ming) viloyatdagi eng ko‘p aholi istiqomat qiluvchi hududlar, Qorovulbozor tumani (19,8 ming), Kogon shahri (64,4 ming) hamda Kogon tumani (84,0 ming) tumanlari esa viloyatdagi kam axoli istiqomat qiluvchi hududlar xisoblanadi.
Viloyatda 2023-yil 1-oktyabr holatiga 1 kvadrat kilometrga o‘rtacha 50,6 kishi to‘g‘ri kelib, Buxoro shahri (4 184,3 kishi), Kogon shahri (3 220,0 kishi) va Vobkent tumani (510,3 kishi) aholi eng zich joylashgan hududlar sirasiga kiradi.
2023 yil yanvar-sentyabr oylari davomida viloyatda tug‘ilishlar soni 34,2 mingtani, o‘limlar soni 6,5 mingtani, qayd etilgan nikohlar soni 10,2 mingtani va nikohdan ajralishlar soni 1,9 mingtani tashkil etgan.
Aholi migratsiyasi bo‘yicha, viloyatga 6,0 ming kishi doimiy yashash maqsadida ko‘chib kelgan bo‘lsa 8,5 ming kishi doimiy yashash maqsadida viloyatdan ko‘chib ketgan.
Ardasher Murtazayev
Iqtisodiy tadqiqotlar va islohotlar markazi
Izoh qoldirish