2021 yilning dekabr oyida o‘tkazilgan so‘rov natijalariga ko‘ra, kelgusi 12 oy uchun narxlar o‘sishi bo‘yicha respondentlarning inflyasion kutilmalari o‘tgan oydagi ko‘rsatkichga nisbatan 0,8 foizga kamayib, 15,7 foizni tashkil etgan bo‘lsa, mediana qiymati 2 14,2 foiz ko‘rsatkichda shakllandi (noyabr oyi yakunlari bo‘yicha 14,4 foiz)
Respondentlarnig 39 foizi kelgusi 12 oy davomida narxlar o‘tgan 12 oy darajasida oshishini bildirishgan bo‘lsa, 22 foizi narxlar sezilarsiz oshishini ta’kidlashgan.
Javob beruvchilarning kelgusida narxlarni yuqori darajada oshishini kutayotgan qismi dekabr oyida noyabr oyiga nisbatan biroz kamaygan (2-rasm).
2-rasm. Inflyasion kutilmalar bo‘yicha aholi javoblarining taqsimoti (respondentlarning ulushi, foizda)
Manba: Markaziy bank hisob-kitoblari.
Shu bilan birgalikda, dekabr oyida kelgusi yillik inflyasiya darajasini 13-16 foizlik javoblar guruhini tanlagan respondentlar sonining noyabr oyiga nisbatan oshganligi kuzatildi
(3-rasm).
3- rasm. Inflyasion kutilmalar bo‘yicha aholi javoblarining taqsimoti (respondentlarning soni)
Manba: Markaziy bank hisob-kitoblari.
Respondentlar kelgusida narxlar oshishiga asosiy omillar sifatida import tovarlar hamda asosiy oziq-ovqat mahsulotlarining qimmatlashishi (35 foiz), pandemiya va postpandemiya sharoitida narxlarning oshirilishi (33 foiz) hamda yoqilg‘i mahsulotlari va transport xarajatlarining qimmatlashishi (25 foiz) keltirishgan (4-rasm).
4-rasm. Inflyasion kutilmalarning asosiy omillari (respondentlarning ulushi, foizda)
Tadbirkorlik sub’yektlarining inflyasion kutilmalari
Dekabr oyi yakunlari bo‘yicha kelgusi 12 oy uchun narxlar o‘sishi bo‘yicha tadbirkorlik sub’yektlarining kutilmalari ham pasayuvchi dinamikani ko‘rsatib, 14,9 foizni tashkil etdi, mediana qiymati esa 11,8 foiz atrofida shakllandi (5-rasm).
5- rasm. Tadbirkorlik sub’yektlarining inflyasion kutilmalari
dinamikasi (foizda)
Manba: Markaziy bank hisob-kitoblari.
Aholi vakillarida bo‘lgani kabi respondent tadbirkorlik sub’yektlarining ko‘pchilik qismi ham kelgusi 12 oyda narxlar o‘tgan 12 oy darajasida oshishini bildirishgan (6-rasm).
6-rasm. Inflyasion kutilmalar bo‘yicha tadbirkorlik sub’yektlari javoblarining taqsimoti (respondentlarning ulushi, foizda)
Manba: Markaziy bank hisob-kitoblari.
Tadbirkorlik sub’yektlarining inflyasion kutilmalari yillik inflyasiya darajasidan yuqori darajada shakllanayotganligiga qaramasdan, ularning aksariyat qismi inflyasiyani 9-12 foiz atrofida bo‘lishini kutishayotganini ta’kidlashgan. Aynan ushbu omil javoblaning mediana ko‘rsatkichini ham sezilarli darajada pasayishiga xizmat qilgan (7-rasm).
7- rasm. Inflyasion kutilmalar bo‘yicha respondentlarning taqsimoti(respondentlarning soni)
Manba: Markaziy bank hisob-kitoblari.
Kelgusida narxlar oshishiga asosiy omillar sifatida tadbirkorlik sub’yektlari tomonidan pandemiya bilan bog‘liq vaziyatning yomomlashish ehtimolligining mavjudligi natijasida xorijdan import qilinadigan xomashyo va butlovchi qismlar qimmatlashishi (39 foiz) hamda yoqilg‘i va transport xizmatlarining narxlari qimmatlashishi (29 foiz) kabi omillar sanalmoqda.
Izoh qoldirish