O‘zbekistonda avtomobil bozoridagi holat: Iqtisodiy tadqiqotlar va islohotlar sharhida 2023 yil uchun asosiylari

O‘zbekistonda avtomobil bozoridagi holat: Iqtisodiy tadqiqotlar va islohotlar sharhida 2023 yil uchun asosiylari

Iqtisodiy tadqiqotlar va islohotlar markazi (Markaz) har oyda O‘zbekiston avtomobil bozoridagi vaziyatni tahlil qilib boradi.

O‘tgan yil davomida 1,69 mln dona avtotransport vositalari sotildi, bu 2022 yilga nisbatan 18%ga ko‘p. 2023 yildagi eng yuqori ko‘rsatkichlar may va oktyabr oylarida, sotuvlar 156 va 186 mingta mashinadan oshganida qayd etildi.

Birlamchi va ikkilamchi avtomobil bozorlaridagi vaziyat

2023 yilda O‘zbekistonda 379 mingta yangi yengil avtomobillar sotildi, bu o‘tgan yilga nisbatan 33 foizga o‘sgan.

Mamlakatimizda ishlab chiqarilgan avtomobillarning savdo ko‘rsatkichlariga kelsak, 2023 yilda O‘zbekistonda 333 mingdan ortiq mahalliy yengil avtomobillar sotilgan, bu o‘tgan yilga nisbatan 25 foizga ko‘p.

Ishlab chiqarish va avtokreditlari

Ikki yil ichida mahalliy yengil avtomobillar ishlab chiqarish 2021 yildagi 236 ming donadan 2023 yilda 395 ming donagacha 1,6 barobar oshdi.

Bundan tashqari, o‘zbekistonliklar avtomobil sotib olish uchun ko‘proq kredit olishni boshladilar. Xususan, 2022 yilda avtokreditlar berish 2,3 barobarga oshib, 19,6 trnl. so‘mni tashkil etdi.

2023 yilning 11 oyida aholiga 34,6 trln. so‘mlik avtokreditlar berildi, bu 2021 yilga nisbatan 4,4 barobarga ko‘p.

Xorijda ishlab chiqarilgan yengil avtomobillar bozori

Xorijda ishlab chiqarilgan yangi yengil avtomobillar savdosi yil davomida 2,4 barobar oshdi va 46 mingta avtomobilni tashkil etdi.

2023 yilning 11 oyida yengil avtomobillar importi sezilarli darajada - 2,2 barobar oshdi va 1,56 milliard dollarni (19,4 trln. so‘m) tashkil etdi.

Avtomobil bozorining ushbu segmentida mashina importining o‘sishiga asosan bojxona to‘lovlarining kamayishi ta’sir ko‘rsatdi.

Eslatib o‘tamiz, O‘zbekiston Prezidenti 2022 yil fevral oyida import qilinadigan avtomobillar uchun bojxona to‘lovlarini ikki baravar kamaytirish bo‘yicha topshiriq bergan edi. Ta’kidlanishicha, ichki avtomobil bozorida raqobatni rag‘batlantirish maqsadida stavkalarni bosqichma-bosqich nolga tenglashtirish zarurligi qayd etildi.

Jumladan, O‘zbekistonda avtomobil importiga bojxona to‘lovlari stavkalari ikki bosqichda: 2022 yil fevral oyidan boshlab 2 barobarga (30%dan 15%gacha) va dvigatel hajmiga qarab qo‘shimcha koeffitsiyentlar, 2023 yil yanvart oyidan esa qo‘shimcha koeffitsiyentlar pasayishi bilan stavka 15% qilib belgilandi.

Bundan tashqari, yangi xorijiy avtomobillar importining o‘sishi kichik avtomobillarga bojxona to‘lovlarining pasayishiga olib keldi.

Ikkilamchi avtomobil bozori

Bir yil ichida O‘zbekistonda haydalgan yengil avtomobillar savdosi 12,6%ga o‘sib, 1,16 million donaga yetdi.

Elektromobil bozoridagi vaziyat

O‘zbekistonda elektr dvigatelli avtomobillarga qiziqish tobora ortib bormoqda. 2023 yilda yengil elektromobillar savdosi 4,3 borabarga oshib, 25,7 mingta elektrokarni tashkil etdi.

Eng ko‘p elektromobillar - qariyb 71% poytaxtda, Surxondaryo viloyati esa - 123 ta, eng kam elektrokarlar sotildi.

Ma’lumot uchun: O‘zbekiston avtomobil bozori sharhi – Iqtisodiy tadqiqotlar va islohotlar markazi tomonidan o‘tkaziladigan tadqiqot yo‘nalishlaridan biri bo‘lib, unda ham mamlakatda, ham xorijda ishlab chiqarilgan yengil avtomobillar va elektromobillar savdosining dinamikasi aks ettiriladi. Ma’lumotlar hisobot oyi uchun ham, yil boshidan hisobot oyigacha bo‘lgan davr uchun ham taqdim etiladi. Bundan tashqari, o‘tgan yilning shu davriga oid ma’lumotlar bozor dinamikasini kuzatish uchun taqdim etiladi

Iqtisodiy tadqiqotlar va islohotlar markazi

Jamoatchilik bilan aloqalar bo‘limi


Maqolani ulashing

O'xshash yangiliklar