“Coca-cola Ichimligi Uzbekiston, Ltd” MChJ ustav kapitalidagi davlat ulushini savdolarga chiqarilishi bo‘yicha ma’lumot berildi

“Coca-cola Ichimligi Uzbekiston, Ltd” MChJ ustav kapitalidagi davlat ulushini savdolarga chiqarilishi bo‘yicha ma’lumot berildi

“Coca-cola Ichimligi Uzbekiston, Ltd” MChJ ustav kapitalidagi davlat ulushini savdolarga chiqarilishi bo‘yicha Monopoliyaga qarshi kurashish qo‘mitasining bayonot berdi.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020 yil 27 oktyabrdagi “Davlat ishtirokidagi korxonalarni isloh qilishni jadallashtirish hamda davlat aktivlarini xususiylashtirishga oid chora-tadbirlar to‘g‘risida” PF–6096-son Farmonining 3-ilovasiga hamda Vazirlar Mahkamasining 2020 yil 7 iyuldagi 324-f-son farmoyishiga asosan “Coca-cola Ichimligi Uzbekiston, Ltd” MChJ (keyingi o‘rinlarda - Kompaniya) ustav kapitalidagi davlat ulushini xususiylashtirishdan oldin tayyorlash orqali sotish belgilangan.

Kompaniyadagi davlat ulushini sotishni xalqaro amaliyot qoidalariga muvofiq, shaffof tarzda tashkil etish maqsadida, “Rothschild & Co” investitsiya banki moliyaviy maslahatchi sifatida, “Dentons” yuridik firmasi yuridik maslahatchi sifatida tanlab olingan. Shuningdek, Kompaniyaning moliyaviy va soliq masalalarini o‘rganish uchun “KPMG” xalqaro kompaniyasi jalb qilingan.

Qayd etish joizki, Kompaniyadagi davlat ulushini savdoga chiqarish uchun belgilangan talablar Kompaniya faoliyatini tartibga soluvchi ta’sis hujjatlari va boshqa ichki me’yoriy hujjatlar talablarini, kompaniya faoliyatining o‘ziga xos jihatlarini inobatga olishni taqozo etgan.

Shunga ko‘ra hamda O‘zbekiston Respublikasining amaldagi qonunchiligi talablaridan kelib chiqib, kompaniyadagi davlat ulushini oshkora sotuv mexanizmi asosida savdoga chiqarish bo‘yicha Davlat tender komissiyasining 2020 yil 15 dekabrdagi 5-son qarori qabul qilingan.

Kompaniyadagi davlat ulushini oshkora sotuv mexanizmi orqali savdoga chiqarish bo‘yicha hujjatlar Qo‘mita tomonidan o‘rganib chiqilgan.

Avval chop etilgan e’longa muvofiq, bugungi kunda oshkora sotuv mexanizmining birinchi bosqichida kompaniyadagi davlat ulushini sotib olish bo‘yicha ko‘plab talabgorlardan takliflar kelib tushgan bo‘lib, Davlat aktivlarini boshqarish agentligi tomonidan ko‘rib chiqilmoqda.

O‘z navbatida, O‘zbekiston Respublikasining “Raqobat to‘g‘risida”gi Qonuni talablariga asosan Monopoliyaga qarshi kurashish qo‘mitasi vakolati doirasida savdo jarayonlarini ochiq va shaffof o‘tkazilishi tarafdori ekanligini hamda bu jarayonlarda qonunchilik talablari asosida harakatlarni amalga oshirayotganligini bildiradi.

Maqolani ulashing

O'xshash yangiliklar