Monopoliyaga qarshi kurashish qo‘mitasi birja savdolari orqali benzin sotib oluvchi kunlik xaridorlar soni 3,7 barobarga oshgani haqida xabar qildi.
Joriy yilning 18 noyabr kuni birja savdolariga jami 4438,9 tn AI-80 markali benzin qo‘yilgan bo‘lsa, shundan 3339,7 tn yoki 75% sotilgan. Bu haqda Monopoliyaga qarshi kurashish qo‘mitasi xabar bermoqda.
Ko‘rilgan amaliy tadbirlar natijasida, 15 noyabrga nisbatan 18 noyabr kuni AI-80 markali avtomobil benzinining o‘rtacha sotilish narxlari 1 tonnasi 10 129 ming so‘mdan 9 180,5 ming so‘mgacha pasayib, 9% ga arzonlashdi.
Ishlab chiqaruvchilar kesimida ushbu ko‘rsatkich quyidagilarni tashkil etdi:
Shuningdek, birja savdolari orqali benzin sotib oluvchi kunlik xaridorlar soni — 3,7 barobarga oshdi (32 tadan 119 taga).
Izoh qoldirish