KPMG, Deloitte va Grant Thornton O‘zbekistondagi davlat aktivlarini baholash bo‘yicha tenderda g‘olib bo‘ldi

KPMG, Deloitte va Grant Thornton O‘zbekistondagi davlat aktivlarini baholash bo‘yicha tenderda g‘olib bo‘ldi

Davlat aktivlarini boshqarish agentligi uch xorijiy kompaniya KPMG, Deloitte va Grant Thornton O‘zbekistondagi davlat aktivlarini baholash bo‘yicha tenderda g‘olib chiqqanligini xabar qildi.

Bugungi kunda xususiylashtirish (sotish)ga tayyorlanayotgan “Chorvoq oromgohi”, “Beldirsoy oromgohi” va “Sijjak” dam olish maskanlarini, “Ichan qal’a” mehmonxona majmuasi, sobiq “Respublika birja markazi” ma’muriy binosi, “Gazetalar ishlab chiqarish majmuasi” binosi, “Malika” savdo va maishiy xizmat ko‘rsatish majmuasini, “Qizil suv sport sog‘lomlashtirish” MChJ, “Poytaxt biznes majmuasi” MChJ va “Shahar mehmonxonasi” MChJlarning davlat ulushlarini baholash uchun mustaqil baholovchilarni jalb etish bo‘yicha tanlov savdolari o‘tkazildi.

Unda O‘zbekistonda faoliyat yuritayotgan xalqaro nufuzga ega bo‘lgan beshta baholash kompaniyalari ishtirok etdi (KPMG, Deloitte, PricewaterhouseCoopers, Ernst&Young, Grant Thornton).

Tanlov natijalariga ko‘ra, «KPMG Valuation and Consulting» MChJ (5 ta ob’yekt bo‘yicha), «Deloitte» MChJ (3 ta ob’yekt bo‘yicha) va «Grant Thornton Valuation» MChJ (2 ta ob’yekt bo‘yicha) takliflari eng yaxshi deb topildi va tanlov g‘olibi deb e’lon qilindi.

Maqolani ulashing

O'xshash yangiliklar