DSQ: 3500 ta kompaniya soliq to‘lamaslik uchun qasddan bankrot qilingan

DSQ: 3500 ta kompaniya soliq to‘lamaslik uchun qasddan bankrot qilingan

Davlat Soliq qo‘mitasi soliq to‘lashdan qasddan bo‘yin tovlash maqsadida bankrotlik e’lon qilingan 3500 holat aniqlanganligini ma’lum qildi.

DSQ matbuot xizmati bergan ma’lumotlariga ko‘ra, tadbirkorlik sub’yektlari tomonidan sun’iy ravishda umidsiz soliq qarzdorligini yuzaga keltirish holatlari kuzatilmoqda. Bu jarayonlarda asosan korxona ta’sischisi va rahbarlari faol ishtirok etayotganligi qayd etilgan.

Xususan, so‘nggi 3 yilda 4 ming nafar ta’sischi va korxona rahbari tomonidan soliq to‘lashdan qasddan bo‘yin tovlash maqsadida 3,5 mingta xo‘jalik sub’yekti tashkil etilgan.

Natijada ushbu toifadagi korxonalar byudjet oldida 6,7 trln so‘m umidsiz soliq qarzdorligini hosil qilgan holda bankrotlik asosida tugatilgan.

Hozirda bankrotlik asosida tugatilgan korxonalar ta’sischilari tomonidan yangidan korxonalar tashkil etilishi davom etmoqda.

«Shu kabi holatlarning oldini olish maqsadida DSQ organlari tomonidan mazkur subektlar faoliyati qat’iy nazoratga olinib, tegishli tartibda nazorat tadbirlari amalga oshirilib borilishi ko‘zda tutilgan», deyiladi DSQ xabarida.

Maqolani ulashing

O'xshash yangiliklar