Farg‘ona viloyati hokimi viloyat aholisiga murojaatida 6168 ta so‘zdan foydalandi

Farg‘ona viloyati hokimi viloyat aholisiga murojaatida 6168 ta so‘zdan foydalandi

2021 yil 20 dekabrda Xalq deputatlari viloyat Kengashining navbatdagi sessiyasida Farg‘ona viloyat hokimi viloyat aholisiga murojaat qildi.

Iqtisodiy tadqiqotlar va islohotlar markazi Namangan viloyat filiali tomonidan viloyat hokimining farg‘onaliklarga murojaatining lingvistik kontent-tahlili o‘tkazildi. Tasviriy ifodalovchi so‘zlardan foydalanib viloyatda 2022 yilda asosiy e’tibor qaratiladigan sohalarni ko‘rishimiz mumkin.

Viloyat hokimi o‘z nutqida jami 6 168 so‘zdan foydalangan. Eng ko‘p “Farg‘ona” so‘zini – 27 marta, “Sanoat” so‘zini – 17 marta, “Qurilish” so‘zini – 16 marta, “Rivojlantirish” so‘zini - 15 marta va “Qishloq” so‘zini 14 marta qo‘llagan. Bundan tashqari, “Ta’lim”, “Davlat”, “Aholi”, “Tadbirkorlik” so‘zlari ham ko‘p takrorlangan.

Murojaatda asosiy e’tibor 2021 yil davomida erishilgan iqtisodiy o‘sish sur’atlari, amalga oshirilgan investitsion loyihalar va “Obod qishloq” dasturining ijrosiga hamda 2022 yilda viloyatda amalga oshiriladigan bunyodkorlik ishlariga qaratilgan.

Jumladan, 2021 yil yakuni bilan yalpi hududiy mahsulot hajmining o‘sish sur’ati o‘tgan yilga nisbatan 8 foizga, sanoat mahsulotlari ishlab chiqarish hajmi qariyb 7,8 foizga, qurilish ishlari hajmi 8,9 foizga va xizmat ko‘rsatish hajmi 21,3 foiz o‘sishi kutilmoqda.

O‘tgan 11 oy davomida 81 ta yangi xorijiy sarmoya ishtirokidagi qo‘shma korxonalar o‘z faoliyatini boshladi. 90 ta kichik sanoat va yoshlar tadbirkorlik sanoat zonalariga joylashtirilgan 732 ta loyihalarning 110 tasi o‘z faoliyatini boshlab, 603 mlrd. so‘mlik mahsulot ishlab chiqarildi.

2021 yilda jami 429,5 mln. dollar xorijiy investitsiyalar hamda xorijiy kredit mablag‘lari jalb etildi. Joriy yilning o‘tgan 11 oyi davomida 695,1 mln. dollarlik, jumladan, 489,3 mln. dollarlik sanoat mahsulotlari va 205,8 mln. dollarlik qishloq xo‘jaligi mahsulotlari eksporti amalga oshirildi.

Bandlikni ta’minlash doirasida 145 908 nafar fuqaro doimiy va 238 342 nafar fuqarolar mavsumiy ish bilan ta’minlandi. Viloyatda 8 542 ta yangi kichik biznes sub’yektlari tashkil qilinib, 21,6 mingta ish o‘rinlari yaratildi. “Yoshlar daftari”ga kiritilgan tadbirkorlik istagida bo‘lgan yoshlarga tijorat banklari tomonidan 263,1 mlrd. so‘m imtiyozli kredit ajratildi.

Fuqarolarni ijtimoiy himoya qilish maqsadida joriy yilning 11 oyi davomida 153,2 mlrd. so‘m mablag‘lar yo‘naltirildi.

Investitsiya dasturlari doirasida qiymati 3,2 trln. so‘mlik, 889 ta loyihalar ishga tushirilib, 13 ming yangi ish o‘rinlari yaratildi. Jami 788,2 mlrd.so‘mlik ijtimoiy va infratuzilma ob’yektlarida qurilish-ta’mirlash ishlari yakuniga yetkazildi.

“Obod qishloq” va “Obod mahalla” dasturlari doirasida 30 ta qishloq va 8 ta mahallaning arxitektura qiyofasini yangilash borasida 261,9 mlrd. so‘mdan ortiq mablag‘lar o‘zlashtirildi.

Aholini uy-joylarga bo‘lgan ehtiyojini qondirish maqsadida jami 290 ta ko‘p qavatli 9 129 xonadonli uy-joylar qurilishi amalga oshirilmoqda, davlat dasturi bo‘yicha ko‘p qavatli uy-joylarning 87 tasi foydalanishga topshirildi.

Fermer xo‘jaliklari va agroklasterlar tasarrufidagi 18 ming gektar ekin yerlari 135 ming nafar ijtimoiy himoyaga muhtoj aholiga ajratib berildi.

Qishloq xo‘jaligi sohasida jami 1 trln.so‘mlik 216 ta loyiha amalga oshirildi. 21,3 ming gektar maydonlar foydalanishga qaytarilib, 1,7 ming gektar maydonlar o‘zlashtirildi. 9,2 ming gektarlik sabzavot, 134 gektarlik poliz, 4,9 ming gektarlik dukkakli ekinlar maydoni tashkil etildi. 4183 gektarlik bog‘ va tokzorlar tashkil qilindi. 4 ta chorvachilik, parrandachilik yo‘nalishidagi yirik fermer xo‘jaliklari, 3 ta xususiy donni qayta ishlash korxonalari negizida g‘allachilik klasterlari faoliyati yo‘lga qo‘yildi.

Chorvachilikni rivojlantirish maqsadida xorijdan 6 ming boshdan ziyod naslli qoramol va 5 ming boshga yaqin naslli qo‘ylar olib kelindi.

2022 yildagi asosiy vazifalar O‘zbekiston Prezidentimizning 2021 yil 6 noyabrdagi lavozimga kirishish tantanali marosimiga bag‘ishlangan Oliy Majlis palatalari qo‘shma majlisidagi “Yangi O‘zbekiston taraqqiyot strategiyasi asosida demokratik islohotlar yo‘lini qat’iy davom ettiramiz” nutqida belgilangan “Yangi O‘zbekiston Taraqqiyot strategiyasi”nining asosiy ustuvor yo‘nalishlarini kelib chiqib belgilandi.

Xususan, 2022 yilda viloyatda:

- ishsizlik va kambag‘allikni qisqartirish bo‘yicha viloyatdagi 163 mingdan ziyod ishsizlar va mehnat bozoriga kirib keladigan 50-60 mingga yaqin yoshlar bandligini ta’minlash uchun 152,9 mingta doimiy va mavsumiy yangi ish o‘rinlari tashkil etiladi;

- paxta ekinidan qisqartirilgan 2,5 ming gektar yer maydonlarini aholiga 10 sotixdan 1 gektargacha ajratib berish hisobiga 15 ming nafar yangi ish o‘rinlari yaratiladi.

- sanoat sohasida jami 32,0 trln. so‘mlik mahsulot ishlab chiqariladi.

- mahallalarda xizmat turlarini ko‘paytirish maqsadida 18 turdagi xizmat ko‘rsatish shoxobchalari tashkil etish uchun umumiy qiymati 4,7 trln.so‘m bo‘lgan 3881 ta loyihalar amalga oshiriladi va 69 mingta yangi ish o‘rinlari yaratiladi.

- 2 ta logistika markazi, 212 ta ishlab chiqarish sexi, 336 ta savdo do‘koni, 560 ta kichik savdo rastasi tashkil etilib, 7,7 mingdan ortiq aholi doimiy ish o‘rinlariga ega bo‘ladi.

- neft va neft-kimyo, elektrotexnika, charm poyabzal va oziq-ovqat sanoati yo‘nalishlarida jami 1,5 trln. so‘mlik 139 ta loyiha amalga oshiriladi.

- qishloq xo‘jaligi va tomorqalarni rivojlantirish bo‘yicha barcha kuch va imkoniyatlar ishga solinadi. 4,7 ming gektar intensiv bog‘ va tokzorlar barpo etiladi, 7 ta uzumchilik klasterlari tashkil etiladi.

- irrigatsiya va melioratsiya ob’yektlarini qurish va rekonstruksiya qilish ishlariga hamda 125 ta loyihaga 121 mlrd. so‘m, meliorativ ob’yektlarni ta’mirlash-tiklash ishlariga 193,4 mlrd. so‘m mablag‘ ajratiladi.

- 2022 yilda jami 1,0 mlrd. dollar shundan, 850 mln.dollar sanoat va 250 mln.dollar qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini eksport qilinadish uchun yo‘naltiriladi;

- Jami 1,0 mlrd. dollar miqdorida xorijiy investitsiyalar va xorijiy kredit liniyalari mablag‘lari o‘zlashtiriladi

- 8,7 mingta tadbirkorlik sub’yektlari tashkil etilib, 10 trln. so‘mlik kreditlar ajratiladi

- aholining uy-joy va yashash sharoitlarini yaxshilash ustuvor vazifalardan biri bo‘ladi. 2022 yilda 167 ta 3816 xonadonga mo‘ljallangan uy-joy quriladi;

- investitsiya dasturi doirasida 540,1 mlrd.so‘m mablag‘lar o‘zlashtirilishi hisobiga 103 ta ijtimoiy va infratuzilma ob’yektlarida qurilish, rekonstruksiya qilish va mukammal ta’mirlash ishlari amalga oshiriladi;

- 30 ta qishloq va 8 ta mahallalarda “Obod qishloq” va “Obod mahalla” dasturlari amalga oshiriladi;

- tibbiy xizmat sifatini yaxshilash, sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish doirasida 15 ta tibbiyot muassasalarini rekonstruksiya qilinadi va mukammal ta’mirlanadi, 10 ta oilaviy shifokorlik punktlari va 6 ta oilaviy poliklinikalar faoliyati tashkil etiladi. Viloyat Perinatal markazini rekonstruksiya qilish, tibbiy xizmat ko‘rsatish sifatini oshirish bo‘yicha “Klaster” tizimi joriy etiladi. Transplantologiya, ortopediya, kardioxirurgiya, oshqozon ichak a’zolari kasalliklari, ko‘z kasalliklari hamda neyroxirurgiya yo‘nalishida Hindistonning “Apollo Hospital” klinikasining filiali tashkil etiladi;

- maktabgacha va maktab ta’lim tizimini rivojlantirish bo‘yicha zarur choralar ko‘riladi. Maktabgacha ta’lim bilan qamrab olish darajasini 85 foizga yetkazish maqsadida 4 ta davlat-xususiy sheriklik, 250 ta oilaviy oilaviy nodavlat maktabgacha ta’lim tashkiloti tashkil etiladi. 33 ta davlat maktabgacha ta’lim tashkilotlarini qurish, rekonstruksiya qilish va kapital ta’mirlash rejalashtirilgan. Maktabgacha ta’lim tashkilotlarida sog‘lom ovqatlantirishni tashkil etish maqsadida 250 ta ta’lim tashkiloti “autsorsing” va 47 ta ta’lim tashkiloti “keytering” tizimiga o‘tkaziladi;

- Mehmonxonalar soni 59 taga, oilaviy mehmon uylari 200 taga, turistlarga xizmat ko‘rsatuvchi turoperator va turagentlar sonini 46 taga yetkaziladi. Farg‘ona shahri markazida “Sayilgoh”, “Yuksalish”, “Al-Farg‘oniy” va “Kashtanzor” ko‘chalarini mujassamlashtirgan “Turizm mavzesi” faoliyati yo‘lga qo‘yiladi. Viloyatga tashrif buyurayotgan chet el va mahalliy turistlar soni 1 200 ming nafarga yetkaziladi.

Maqolani ulashing

O'xshash yangiliklar