Farg‘ona viloyatining 2022 yil yanvar-iyun oylaridagi xizmat ko‘rsatish sohasi ko‘rsatkichlari tahlili

Farg‘ona viloyatining 2022 yil yanvar-iyun oylaridagi xizmat ko‘rsatish sohasi ko‘rsatkichlari tahlili

2022 yilning yanvar-iyun oylarida Farg‘ona viloyatida ko‘rsatilgan bozor xizmatlari hajmi 10 212,3 mlrd so‘mni tashkil qilgan holda, o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 115,4%ga oshgan. Viloyatda ko‘rsatilgan xizmatlar hajmining respublika ko‘rsatkichidagi ulushi 6,4 %ni tashkil qilgan holda, hududlar orasida 4-o‘rinni egallagan. Jon boshiga to‘g‘ri keladigan xizmatlar hajmi 2 609,4 ming so‘m bo‘lib, hududlar orasida 5-o‘rinni egallagan.

Hisobot davrida xizmatlar tarkibida savdo (29,0%), moliya (23,5%) va transport (18,1%) xizmatlarining ulushi yuqori bo‘lgan bo‘lsa, sog‘liqni saqlash (2,06%), ijara va lizing (2,05%), muhandislik izlanishlari, texnik sinovlar va tahlil sohasidagi (0,94%), xizmatlarining ulushi past bo‘lgan. O‘tgan yilning mos davriga nisbatan viloyatda barcha xizmat turlari bo‘yicha o‘sish qayd etilgan. Eng yuqori o‘sish sur’atlari moliya (165,9%), aloqa va axborotlashtirish (123,6%) hamda ta’lim (112,7%) xizmatlari sohalarida kuzatilgan. Eng yuqori o‘sish sur’atlari Farg‘ona (118,9%)va Qo‘qon (116,2%) shaharlarida kuzatilgan.

Viloyatda ko‘rsatilgan xizmatlar hajmini hududlar kesimida solishtiradigan bo‘lsak, eng yuqori ulush Farg‘ona (31,9%), Qo‘qon (18,6%) va Marg‘ilon (9,2%) shaharlari hissasiga to‘g‘ri keladi. Quvasoy shahri (1,9%) Furqat (1,5%) va So‘x (1,3%), tumanlarining viloyatdagi jami xizmatlardagi ulushi nisbatan past bo‘lgan. Qo‘qon (33%) va Farg‘ona (32%) shaharlarida moliyaviy xizmatlar, Quvasoy (38%) va Marg‘ilon (34%) shaharlarida savdo xizmatlarining ulushi yuqori ekanligi qayd etilgan.

Nurdinova Shoiraxon,
Iqtisodiy tadqiqotlar va islohotlar markazi
Namangan filiali bosh ilmiy xodimi
Sayfiddinov Samandar, NamDU 2-kurs talabasi
Maqolani ulashing

O'xshash yangiliklar