Tahlil natijalariga ko‘ra, 2023 yilning yanvar-dekabr oylarida Farg‘ona viloyatining tashqi savdo aylanmasi hajmi $1 967 mln.ni shundan, eksport $679 mln. (tovarlar - $671 mln. , xizmatlar - $8 mln.) va import $1290 mln. (tovarlar - $1 287 mln. , xizmatlar - $3 mln.) ni tashkil qilib, respublikada tashqi savdo aylanmasi ulushi bo‘yicha 5-o‘rinni egallagan. Viloyat tashqi savdo aylanmasi o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 4,6% (yeksport – -18,2% (kamaygan), import – 4,5% (ko‘paygan))ga kamaygan.
2023 yilda viloyat jahonning 80 ta mamlakati bilan savdo aloqalarini amalga oshirgan. Tashqi iqtisodiy faoliyat bo‘yicha 20 ta yirik hamkor davlatlar orasidan 6 ta davlatda ijobiy tashqi savdo balansi kuzatilgan bo‘lib, Rossiya, Afg‘oniston, Eron shular jumlasidandir. Qolgan 14 ta davlat bilan manfiy tashqi savdo balansi saqlanib qolgan.
2023 yilda MDH davlatlari bilan tovar va xizmatlar aylanmasi hajmi - $929 mln.ni (47,2%), dunyoning boshqa davlatlari bilan esa $1 040 mln.ni (52,8%) tashkil qilgan.
Mamlakatlar kesimida qaralganda, Farg‘ona viloyatining asosiy eksport ulushi Rossiya ($299 mln.), Xitoy ($54 mln.), Afg‘oniston ($53 mln.), Turkiya ($45 mln.) va Qirg‘iziston ($42 mln.) davlatlari xissasiga, asosiy import ulushi esa Xitoy ($551 mln.), Rossiya ($198 mln.), Qozog‘iston ($197 mln.) va Turkiya ($50 mln.) davlatlari xissasiga to‘g‘ri kelgan.
Viloyatdagi shahar va tumanlar kesimida tashqi savdo aylanmasi dinamikasi tahlil qilinganda, Qo‘qon shahri ($384 mln.), Uchko‘prik ($312 mln.), Farg‘ona shahri ($311 mln.) yuqori ulush bilan oldingi o‘rinlarni egallagan.
Xususan, 2023 yil yanvar-dekabr oylarida viloyatda jami eksportyorlar soni 747 tani tashkil qilib, Oltiariq ($114 mln.), Farg‘ona shahri ($89 mln.) va Qo‘shtepa tumani ($87 mln.) viloyat eksportida yuqori ulushga ega bo‘lgan hududlar sirasiga kirgan. Shuningdek, Qo‘qon shahri ($310 mln.), Uchko‘prik tumani ($233 mln.) va Farg‘ona shahri ($223 mln.) import faoliyati bo‘yicha yuqori ko‘rsatkichlarni qayd etgan.
Viloyatning asosiy eksport maxsulotlari tarkibini oziq-ovqat maxsulotlari va tirik hayvonlar (40,4%), sanoat tovarlari (37,5%) va turli xil tayyor buyumlar (9,9%) tashkil etgan. Texnika vositalari va transport asbob-uskunalari (36%), sanoat tovarlari (22,2%) va oziq-ovqat maxsulotlari va tirik hayvonlar (17,3%) import qilingan tovarlarning asosiy qismini tashkil qilgan.
Bahodir Xolmirzayev
Iqtisodiy tadqiqotlar va islohotlar markazi
Izoh qoldirish