Farg‘ona viloyati 2023 yilning dastlabki 9 oyida Italiya bilan umumiy savdo aylanmasinig miqdori 12 757,9 ming AQSh dollarini tashkil qildi. Jami savdo aylanmasining 57% (yoki 7 238 ming AQSh dollari) import hissasiga to‘g‘ri kelgan bo‘lsa, 43% (yoki 5 520 ming AQSh dollari) eksport ulushiga to‘g‘ri kelgan.
Shundan viloyat tashqi savdosida Italiya davlati ulushi 0,86% ni, importida 0,75% ni va eksportida 1,05% ulushni egalladi. Joriy davr mobaynida hududning Italiya bilan savdo balansida salbiy saldo qayd yetilishiga qaramasdan, avvalgi yillarga nisbatan qisqarayotganani ko‘rish mumkin.
Eksport qilingan maxsulotlar tarkibini asosan tekstil va boshqa maxsulotlar ($5 519,7 ming) tashkil qilgan.
Import qilingan maxsulotlar tarkibini asosan mashina va uskunalar ($4 579,8 ming), kimyoviy maxsulotlar va ulardan tayyorlangan buyumlar ($1 886,1 ming), oziq-ovqat maxsulotlar ($395,1 ming) va boshqa maxsulotlar ($371,7 ming) tashkil qilgan.
2016-2022 yillar kesimida tashqi savdo faoliyati bo‘yicha eng yuqori import2022 yilda ($12 512 ming) amalga oshirilgan bo‘lsa, 2021 yilgi eksport hajmi ($3 075 ming) ushbu yillar oralig‘idagi eng yuqorii hisoblanadi. Ummuman olganda 2016-2022 yillarda eksportning nominal qiymati 2,41 barobar o‘sgan bo‘lsa, ushbu ko‘rsatkich importda 2,46 barobarni tashkil etgan.
Akbarali Abduraxmonov
Iqtisodiy islohotlar va tadqiqotlar markazi
Izoh qoldirish