Infografika: 2019-2023 yillarda O‘zbekistonning Mo‘g‘uliston bilan savdo-iqtisodiy hamkorligi

Infografika: 2019-2023 yillarda O‘zbekistonning Mo‘g‘uliston bilan savdo-iqtisodiy hamkorligi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning taklifiga binoan Mo‘g‘uliston Prezidenti Uxnaagiyn Xurelsux 23-26 iyun kunlari davlat tashrifi bilan mamlakatimizda bo‘ladi.

Tashrif dasturiga muvofiq, Toshkent shahrida oliy darajadagi muzokaralar o‘tkazilishi ko‘zda tutilgan. O‘zbekiston-Mo‘g‘uliston do‘stlik va ko‘p qirrali hamkorlik munosabatlarini yanada kengaytirish va mustahkamlash masalalari ko‘rib chiqiladi.

So‘nggi 5 yil ichida O‘zbekiston va Mo‘g‘uliston o‘rtasidagi tashqi savdo hajmi 2019 yildagi 1,9 million dollardan 2023 yilda 13,8 million dollargacha, 7 baravar oshdi.

Shu davr mobaynida O‘zbekistonning Mo‘g‘ulistonga eksporti 1,5 million dollardan 10,2 million dollargacha 6,8 baravar oshdi. Mo‘g‘ulistondan import hajmi esa 519,04 ming dollardan 3,61 million dollargacha, 6,9 baravar oshdi.

O‘zbekistonning Mo‘g‘ulistonga eksporti tarkibida oziq – ovqat mahsulotlari va tirik hayvonlar ustunlik qiladi – $3,26 mln (eksport hajmining 23%), mashina va transport uskunalari – $5,9 mln (43%) va turli tayyor mahsulotlar - $0,24 mln (1,7%), xizmatlar - $0,59 mln (4,2%).

O‘zbekistonning Mo‘g‘ulistondan import tarkibi oziq - ovqat mahsulotlari va tirik hayvonlar-3,5 million dollar (97%), hayvonlar va o‘simlik moylari - 40,4 ming dollar (2,1%), sanoat mahsulotlari – 35,01 ming dollar (0,97%) va kimyoviy moddalar va shunga o‘xshash mahsulotlar –13,01 ming dollar (0,97%).

So‘nggi besh yil ichida (2019-2023 yillar) Mo‘g‘uliston yalpi ichki mahsuloti o‘rtacha 4,1 foizga, (O‘zbekistonda 5 foizga) o‘sdi.

Iqtisodiy tadqiqotlar va islohotlar markazi
Jamoatchilik bilan aloqalar bo‘limi
Maqolani ulashing

O'xshash yangiliklar