2022 yilning yanvar-mart oylarida Surxondaryo viloyatining tashqi savdo aylanmasi 108,2 mln. dollar bo‘lib, respublika tashqi savdo aylanmasining 0,8%ni tashkil etdi.
Hududda jami eksport qilingan mahsulotlar hajmi 57,9 mln dollar (2021 yilning mos davriga nisbatan 121,3%ga o‘sgan) bo‘lib, tashqi savdo aylanmasining 53.5%ni tashkil etadi. Shu bilan birga jami import qilingan mahsulotlar hajmi 50,3 mln dollar (2021 yilning mos davriga nisbatan 82,5%ga kamaygan) bo‘lib, tashqi savdo aylanmasining 46,5%ni tashkil etadi.
Oziq-ovqat mahsulotlari eksporti va importi
2022 yil I chorak yakunlari bo‘yicha hududda oziq-ovqat mahsulotlarining eksporti 23,9 mln dollarni, importi esa 16,0 mln dollarni tashkil etdi. Shu bilan birga viloyat tashqi savdo aylanmasida oziq-ovqat mahsulotlarining ulushi 37% ni tashkil etdi.
Sanoat mahsulotlari eksporti va importi
2022 yil I chorak yakunlari bo‘yicha hududda sanoat mahsulotlarining eksporti 30,1 mln dollarni, importi esa 11,6 mln dollarni tashkil etdi. Shu bilan birga viloyat tashqi savdo aylanmasida sanoat mahsulotlarining ulushi 39% ni tashkil etdi.
Texnika va asbob-uskunalar eksporti va importi
2022 yil I chorak yakunlari bo‘yicha hududda texnika va asbob-uskunalarning eksporti 7,2 ming dollarni, importi esa 19,0 mln dollarni tashkil etdi. Shu bilan birga viloyat tashqi savdo aylanmasida texnika va asbob-uskunalarning ulushi 18% ni tashkil etdi.
Eldor Zayniddinov
Iqtisodiy tadqiqotlar va islohotlar markazi
Qashqadaryo viloyat filiali bosh ilmiy xodimi
Izoh qoldirish