"Jismoniy shaxslar tomonidan bojxona chegarasi orqali tovarlarni olib o‘tishni yanada tartibga solish chora-tadbirlari to‘g‘risi"dagi Prezident qaroriga ko‘ra, jismoniy shaxslar tomonidan bojxona chegarasi orqali tovarlarni olib o‘tishni tartibga solish, tovarlarning bojxona rasmiylashtiruvi shartlarini umum qabul qilingan jahon standartlariga muvofiqligini ta’minlash, bojxona jarayonlari va rasmiyatchiligini soddalashtirish, shuningdek, bojxona chegarasini bosib o‘tayotgan jismoniy shaxslar uchun yanada qulay shart-sharoitlar yaratiladi.
Jismoniy shaxslar quyidagi miqdorlardagi tovarlarni bojxona to‘lovlarini to‘lamasdan O‘zbekistonga olib kirishi mumkin:
- O‘zbekistonning xalqaro aeroportlari bojxona chegaralari orqali olib o‘tishda – 2 000 AQSh dollari;
- O‘zbekiston Davlat chegaralarining temir yo‘l va daryo bojxona chegaralari o‘tish punktlari orqali olib o‘tishda – 1 000 AQSh dollari;
- O‘zbekiston Davlat chegaralarining avtoyo‘l (piyoda) bojxona chegaralari o‘tish punktlari orqali olib o‘tishda – 300 AQSh dollari;
- xalqaro kurerlik jo‘natmalari orqali jismoniy shaxslar nomiga kelayotgan tovarlar uchun – bir kalendar chorak mobaynida 1 000 AQSh dollari;
- xalqaro pochta jo‘natmalari orqali jismoniy shaxslar nomiga kelayotgan tovarlar uchun – 100 AQSh dollari.
Izoh qoldirish