“Yoqilg‘i-energetika resurslari ta’minotida bozor mezanizmlarini joriy etish to‘g‘risida”gi Hukumat qarori (348-son, 30.06.2022 y.) qabul qilindi.
Hukumat energiya resurslari bozorini isloh qilish bo‘yicha hujjat muhokamasidan so‘ng quyidagi qarorga kelindi.
Unga ko‘ra, 2022 yil 15 iyuldan boshlab:
Birinchidan, aholi uchun elektr energiyasi (295 so‘m) va tabiiy gaz (380 so‘m) narxi oshmaydi, “ijtimoiy norma” ham hozircha joriy etilmaydi. Aholi tomonidan bildirilgan fikr va mulohazalardan kelib chiqib, “ijtimoiy norma”ning joriy qilinishi mutaxassislar tomonidan qayta ko‘rib chiqilmoqda.
Ikkinchidan, 1 kVt soat elektr energiyasi Navoiy KMK, Olmaliq KMK va byudjet tashkilotlari uchun – 800 so‘m hamda qolgan yuridik shaxslar uchun – 600 so‘m bo‘ladi.
Uchinchidan, 1 kub m tabiiy gaz Navoiy KMK, Olmaliq KMK va byudjet tashkilotlari uchun – 1 300 so‘m, avtomobillarni gaz bilan to‘ldirish kompressor stansiyalari uchun – 1 150 so‘m, issiqlik elektr stansiyalari uchun – 1 000 so‘m hamda qolgan yuridik shaxslar uchun – 1 100 so‘m bo‘ladi.
To‘rtinchidan, biznes uchun oriyentir berilmoqda. 2023 yil 1 apreldan biznes uchun elektr energiyasi narxi 700 so‘m, tabiiy gaz esa 1350 so‘m bo‘lishi kutilmoqda. 2026 yildan boshlab esa elektr energiyasi, tabiiy va suyultirilgan gazning ulgurji bozoriga o‘tiladi hamda narxlar erkin shakllanishi belgilangan.
Izoh qoldirish