Hukumat xususiylashtirishdan qancha daromad olgani ma’lum bo‘ldi

Hukumat xususiylashtirishdan qancha daromad olgani ma’lum bo‘ldi

Yil davomida O‘zbekistonda 1187 ta davlat aktivlari sotildi. Bu haqda Davlat aktivlarini boshqarish agentligi faoliyatining birinchi yili yakunlariga bag‘ishlangan matbuot anjumanida ma’lum qildi.

Joriy yilning boshidan buyon 352 ta davlat aktivlari, shu jumladan 77 ta kompaniyaning aksiyalari (ulushlari) va 275 ta ko‘chmas mulk ob’yektlari (narxi 1 trln. so‘m; 2.9 trln. so‘m sarmoya kiritish va 4.3 mingta ish o‘rni yaratish sharti bilan) sotuvga qo‘yildi.

359 ta davlat aktivlari investorlarga 391.2 mlrd. so‘mga sotildi (shundan 294 tasi 3.2 trln. so‘m investitsiya kiritish va 5.1 mingta ish o‘rni yaratish sharti bilan).

Investitsiya majburiyatlari bilan sotilgan 1327 ta davlat aktivlariga 1.1 trln. so‘m sarmoya kiritildi, 266 ta ob’yekt foydalanishga topshirildi va 8.4 mingta ish o‘rni yaratildi.

Faoliyat ko‘rsatayotgan 84 ta korxonadan 46 tasi xususiy sektorga sotildi, 18 tasining faoliyati tiklandi (sof foyda - 6.3 mlrd. so‘m).

Umumiy hisobda 1.4 trln. so‘m davlat byudjetiga o‘tkazildi. Jumladan, xususiylashtirishdan 113.1 mlrd. so‘m, davlat ishtirokidagi korxonalar tomonidan to‘langan dividendlardan 1.3 trln. so‘m, davlat mulkini ijaraga berishdan - 6.6 mlrd. so‘m o‘tkazib beriladi.

"O‘zbekneftgaz", "O‘zbekenergo", "Asaka bank" va O‘zMilliy bank faoliyatini o‘rganish natijasida 171 ta nooziq-ovqat ob’yektlar agentlikka topshirildi. Ulardan 68 tasi sotuvga tayyorlanmoqda, 93 tasi savdo jarayonlaridan o‘tmoqda va 10 tasi sotildi.

Oltita sektor ("O‘zbekneftgaz", "O‘zbekenergo", "O‘zsuvta’minot", "O‘zMilliy bank", " Humo Air")da qayta qurish (restrukturizatsiya) yakunlandi.

To‘qqizta sektor ( "O‘zpaxtasanoat", "O‘zdonmahsulot", "Navoiy KMK", "O‘zagroservis", geologiya - razvetka, yo‘l qurilishi, nashriyot - matbaa kompaniyalari va futbol klublari), shu jumladan 1144 ta tizimdagi korxonalar qayta tashkil etilmoqda.

Oltita tarmoq korxonalari "Yangi Angren IES" OAJ, "Angren IES" OAJ va "O‘zbekko‘mir" OAJ — Central Asian Energy kompaniyasiga, "Farg‘ona NQIZ" — "Jizzax Petroleum" QKga, Toshkent hayvonot bog‘i — Wildfire Care shirkatiga, "Ammofos-Maksam" OAJ — Olmaliq KMKning ishonchli boshqaruviga berildi.

Maqolani ulashing

O'xshash yangiliklar