“Ijtimoiy himoya yagona reyestri” orqali kam ta’minlangan oilalarga qanday bepul yoki imtiyozli yordam ko‘rsatiladi

“Ijtimoiy himoya yagona reyestri” orqali kam ta’minlangan oilalarga qanday bepul yoki imtiyozli yordam ko‘rsatiladi

“Ijtimoiy himoya yagona reyestri” orqali kam ta’minlangan sifatida ro‘yxatga olingan oilalarga bepul yoki imtiyozli shartlarda quyidagi ijtimoiy xizmatlar va yordamlar ko‘rsatiladi:

● davlat maktabgacha ta’lim muassasalarida ota-onalar to‘lovidan ozod etish;
● maktabgacha ta’lim muassasalarida o‘rnatilgan miqdorlarda ota-onalar to‘lovini to‘lash;
● maktablarda darsliklar ijara to‘lovlaridan ozod etish;
● maktablar o‘quvchilari uchun qishki kiyim-bosh berish;
● ayrim fanlarni o‘qitishga ixtisoslashtirilgan umumiy o‘rta maktablar o‘quvchilarini ovqatlanish xarajatlaridan ozod etish;
● san’at maktablari, musiqa maktablari, “Barkamol avlod” markazlari va boshqa maktabdan tashqari ta’lim muassasalarida o‘qish xarajatlaridan ozod etish;
● kam ta’minlangan oilalarning nogiron a’zolarini protez – ortopediya buyumlari bilan ta’minlash;
● ixtisoslashtirilgan tibbiyot muassasalarida bepul maxsus (ambulator yoki kunduzgi) tibbiy yordam ko‘rsatish bo‘yicha yo‘llanma (order) olish.

Maqolani ulashing

O'xshash yangiliklar