Import hamda eksport qilinuvchi meva-sabzavot va o‘simlik mahsulotlarini laboratoriya ekspertizasidan o‘tkazish xizmati rasman pullik bo‘ldi

Import hamda eksport qilinuvchi meva-sabzavot va o‘simlik mahsulotlarini laboratoriya ekspertizasidan o‘tkazish xizmati rasman pullik bo‘ldi

Eksportga yuklanayotgan mahsulotlarni laboratoriya ekspertizasidan o‘tkazishni tezlashtirish maqsadida, hududiy o‘simliklar karantini davlat inspeksiyalarida 15 ta zamonaviy sayyor (mobil) laboratoriyalar tashkil etildi.

Bu haqda AOKAda bo‘lib o‘tgan brifingda O‘simliklar karantini davlat inspeksiyasi axborot xizmati rahbari Durdona Ochilova ma’lum qildi.

Ma’lum qilinishicha, 1 maydan e’tiboran Vazirlar Mahkamasining tegishli qarori bilan mamlakatimizga import bo‘luvchi hamda eksport qilinuvchi meva-sabzavot va o‘simlik mahsulotlarini laboratoriya ekspertizasidan o‘tkazish xizmati rasman pullik etib belgilandi.

Unga ko‘ra, laboratoriya xizmatlari narxida har bir namuna uchun 88 563 so‘m miqdorida to‘lov joriy etilib, ushbu narxga kimyoviy reaktiv va bir martalik ishlatiladigan mahsulotlar narxi alohida hisoblab qo‘shiladi. To‘lov shartnoma asosida amalga oshiriladi.

Laboratoriya tahlillari va ekspertizalari ishonchliligini ta’minlash hamda respublikadagi fitosanitariya holatini yaxshilash maqsadida bir qator rivojlangan davlatlarning fitosanitariya sohasida ilg‘or xorijiy tajribalari joylarda o‘rganilib, bugungi kunda halqaro standartlarga mos keladigan zamonaviy ilg‘or laboratoriya uskunalari va texnik vositalar bilan jihozlangan Markaziy karantin laboratoriyasi tashkil etildi. Shu bilan bir qatorda, Markaziy karantin laboratoriyasi joriy yil mart oyida xalqaro standartlar asosida akkreditatsiyadan o‘tkazildi.

Shu bilan bir qatorda, Respublikaning 6 ta viloyatida (Andijon, Farg‘ona, Xorazm, Samarqand, Sirdaryo, Toshkent viloyatlari) statsionar karantin laboratoriya tashkil etildi va milliy akkreditatsiyadan o‘tkazildi.

Maqolani ulashing

O'xshash yangiliklar