Iqtisodiy tadqiqotlar va islohotlar markazi tomonidan baholangan Ishbilarmonlik faolligi indeksi (IFI) 2023 yil may oyida 1068 birlikni tashkil etib, aprel oyiga nisbatan 6,8 foizga oshgan. Shu bilan birga, ishbilarmonlik faolligi indeksi o‘tgan yilning mos davriga nisbatan ham 16 foizlik o‘sish qayd etildi.
Komponentlar darajasida quyidagi o‘zgarishlar bo‘lgan.
2023 yilning may oyida Ishbilarmonlik faolligi indeksi o‘tgan oyga nisbatan 6,8 foizga oshib, 1068 birlikni tashkil etishi, quyidagi komponentlar darajasidagi o‘zgarishlarga bog‘liq bo‘lgan:
- xo‘jalik yurituvchi sub’yektlarning bank hisobvaraqalaridagi operatsiyalar soni 7,9 foizga oshgan;
- faoliyat ko‘rsatayotgan xo‘jalik yurituvchi sub’yektlar bo‘yicha komponent 1,0 foizga oshgan;
- tovar-xom ashyo birjasida xom ashyo sotib olish jadalligi 9,4 foizga oshgan;
- tovar belgilari bo‘yicha komponent 0,5 foizga mo‘’tadil oshgan.
Hududlar kesimida Surxondaryo viloyatida eng yuqori o‘sish sur’ati qayd etilgan.
2023 yil may oyida Ishbilarmonlik faolligi indeksi barcha 14 ta hududda o‘tgan oyga (aprel) nisbatan o‘sish kuzatilgan. Surxondaryo (62,1%), Qashqadaryo (45,4%), Samarqand (35,8%), Namangan (14,1%), Andijon (13,5%) viloyatlari hamda Toshkent shahrida (12,6%) sezilarli darajada o‘sish kuzatilgan (2 - rasm).
BANK HISOB VARAQALARI BO‘YIChA OPERATsIYaLAR
2023 yil may oyida banklararo to‘lov operatsiyalari soni 5 652,6 mingtani tashkil etdi va 2023 yilning aprel oyiga nisbatan 415,1 ming tranzaksiyaga (7,9%) oshgan.
Banklararo to‘lov operatsiyalari soni 13 ta hududda oshgan.
2023 yil may oyida respublikaning 13 ta hududida yuridik shaxslar o‘rtasidagi bank operatsiyalari soni o‘tgan oyga nisbatan oshgan. Xususan, sezilarli darajadagi o‘sish Toshkent (16,2%), Xorazm (14,8%), Farg‘ona (12,8%), Surxondaryo (12,7%) va Qashqadaryo (10,2%) viloyatlarida hamda Qoraqalpog‘iston Respublikasida (10,0%) kuzatilgan.
Shu bilan birga faqatgina Sirdaryo viloyatida 3,9 foizga pasayish qayd etilgan.
TOVAR-XOM AShYo BIRJASIDAGI FAOLLIK
2023 yilning may oyida IFIning birja komponenti 1,0938 birlikni tashkil etdi. Bu esa, ushbu komponentning o‘tgan oyga nisbatan 9,4 foizga oshganligini anglatib, bitimlar sonining 11,9 foizga hamda har bir bitim bo‘yicha sotib olingan tovarlar o‘rtacha hajmining 6,8 foizga oshganligi bilan izohlanadi.
Respublika tovar-xom ashyo birjasida tovarlar savdosi umumiy aylanmasi hajmi 2023 yil may oyida 6 571,5 mlrd. so‘mni tashkil etib, ushbu ko‘rsatkich o‘tgan oyga nisbatan 12,5 foizga oshgan.
XO‘JALIK YuRITUVChI SUB’EKTLARNING FAOLLIGI
Faoliyat yuritayotgan xo‘jalik sub’yektlari bo‘yicha komponent 2023 yil may oyida 1,0100 birlikni tashkil etib, o‘tgan oyga nisbatan 1,0 foizga oshganligini ko‘rsatadi. Bundan tashqari ushbu ko‘rsatkich o‘tgan yilning mos davriga nisbatan sezilarli darajada 10,9 foizga kamaygan.
2023 yil may oyida barcha turdagi faoliyat yuritayotgan xo‘jalik yurituvchi sub’yektlar soni 2023 yilning aprel oyiga (518 248 birlik) nisbatan 9 138 taga kamayib, 509 110 birlikni tashkil etgan.
Yirik tadbirkorlik bilan shug‘ullanuvchi korxonalar soni 317 taga oshgan.
Hisobot davrida, kichik korxonalar soni 422 282 tadan 413 569 tagacha kamaygan (pasayish 8 713 ta). Shuningdek, fermer xo‘jaliklari soni esa 92 290 tadan 91 548 tagacha (742 ta) kamaygan. Yirik tadbirkorlik bilan shug‘ullanayotgan sub’yektlar soni 3 993 tani tashkil etib, 2023 yilning aprel oyiga nisbatan 317 taga oshgan.
BRENDLARNI RO‘YXATGA OLISh
2023 yil may oyida savdo belgilari muhofazasi bo‘yicha biznes faolligi indeksi 1,0049 birlikni tashkil etib, ushbu ko‘rsatkich 2023 yilning aprel oyiga nisbatan 0,5 foizga oshgan. Joriy yilning may oyida yuridik shaxslar tomonidan 216 ta tovar belgilari va tovar nomlari ro‘yxatga olingan.
O‘zbekiston Respublikasi va mintaqalar bo‘yicha IFI komponentlarining o‘tgan oyga nisbatan o‘zgarishi
Mintaqalar | IFI | Hisoblar bo‘yicha operatsiyalar komponenti | Indeksning birja komponenti | Faoliyatdagi sub’yektlar komponenti | Yangi savdo markalari komponenti |
O‘zbekiston Respublikasi | ↑1068 | ↑1,0793 | ↑1,0938 | ↑1,0100 | ↑1,0049 |
Surxondaryo viloyati | ↑1621 | ↑1,1266 | ↑2,0000 | ↓0,9851 | ↑7,0000 |
Qashqadaryo viloyati | ↑1454 | ↑1,1022 | ↑1,7793 | ↓0,9371 | ↑5,0000 |
Samarqand viloyati | ↑1358 | ↑1,0464 | ↑1,8450 | ↓0,9925 | ↑1,1667 |
Namangan viloyati | ↑1141 | ↑1,0800 | ↑1,2083 | ↓0,9624 | ↑2,2500 |
Andijon viloyati | ↑1135 | ↑1,0620 | ↑1,2477 | ↓0,9305 | ↑2,0000 |
Toshkent shahri | ↑1126 | ↑1,0712 | ↑1,2291 | ↑1,0642 | ↓0,8562 |
Navoiy viloyati | ↑1101 | ↑1,0864 | ↑1,2001 | ↑1,0025 | ↓0,6667 |
Farg‘ona viloyati | ↑1100 | ↑1,1282 | ↑1,1129 | ↓0,9941 | ↑1,3750 |
Toshkent viloyati | ↑1097 | ↑1,1623 | ↑1,0884 | ↑1,0111 | ↑1,0833 |
Buxoro viloyati | ↑1081 | ↑1,0825 | ↑1,0651 | ↑1,0272 | ↑1,6667 |
Jizzax viloyati | ↑1073 | ↑1,0845 | ↑1,1566 | ↑1,0017 | ↓0,3333 |
Xorazm viloyati | ↑1060 | ↑1,1482 | ↓0,9834 | ↑1,0137 | ↑1,4000 |
Qoraqalpog‘iston Respublikasi | ↑1045 | ↑1,1001 | ↑1,1052 | ↓0,9912 | ↓0,0000 |
Sirdaryo viloyati | ↑1005 | ↓0,9610 | ↑1,0505 | ↓0,9923 | ↑1,0000 |
O‘zbekiston Respublikasi va mintaqalar bo‘yicha IFI komponentlarining o‘tgan yilning mos oyiga nisbatan o‘zgarishi
Mintaqalar | IFI | Hisoblar bo‘yicha operatsiyalar komponenti | Indeksning birja komponenti | Faoliyatdagi sub’yektlar komponenti | Yangi savdo markalari komponenti |
O‘zbekiston Respublikasi | ↑1162 | ↑1,1359 | ↑1,3744 | ↓0,8906 | ↓0,6149 |
Andijon viloyati | ↑1643 | ↑1,9108 | ↑2,0000 | ↓0,7380 | ↓0,4000 |
Xorazm viloyati | ↑1394 | ↓0,9419 | ↑2,0000 | ↓0,9624 | ↑1,7500 |
Buxoro viloyati | ↑1365 | ↓0,9921 | ↑2,0000 | ↓0,9382 | ↓0,3846 |
Navoiy viloyati | ↑1357 | ↓0,9228 | ↑2,0000 | ↓0,9267 | ↑1,0000 |
Farg‘ona viloyati | ↑1350 | ↓0,8995 | ↑2,0000 | ↓0,8550 | ↑1,5714 |
Jizzax viloyati | ↑1315 | ↓0,9149 | ↑2,0000 | ↓0,8528 | ↓0,2500 |
Namangan viloyati | ↑1258 | ↓0,6921 | ↑2,0000 | ↓0,8275 | ↑1,1250 |
Samarqand viloyati | ↑1255 | ↓0,8206 | ↑1,8545 | ↓0,8891 | ↑1,0000 |
Sirdaryo viloyati | ↑1203 | ↓0,5446 | ↑2,0000 | ↓0,8270 | ↑1,0000 |
Surxondaryo viloyati | ↑1004 | ↓0,7499 | ↓0,8420 | ↓0,8846 | ↑7,0000 |
Toshkent shahri | ↓994 | ↑1,2735 | ↓0,8152 | ↓0,9384 | ↓0,5365 |
Toshkent viloyati | ↓991 | ↓0,9585 | ↑1,1211 | ↓0,8621 | ↓0,5909 |
Qashqadaryo viloyati | ↓958 | ↓0,8764 | ↑1,0916 | ↓0,8977 | ↓0,5556 |
Qoraqalpog‘iston Respublikasi | ↓848 | ↓0,8105 | ↓0,9140 | ↓0,9037 | ↓0,0000 |
Izoh qoldirish