Aprel oyida O‘zbekistonda inflyasiya 1,5 foizni tashkil etdi

Aprel oyida O‘zbekistonda inflyasiya 1,5 foizni tashkil etdi

O‘zbekiston Davlat statistika qo‘mitasi iste’mol sohasidagi inflyasiyani 2021 yilning to‘rt oyi davomida hisoblab chiqdi.

Oziq-ovqat mahsulotlari narxlari o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 13,6 foizga o‘sdi. 2019 va 2020 yillardagi tahlillar shuni ko‘rsatadiki, 2019 yilda oziq-ovqat inflyasiyasi 2018 yilning mos davriga nisbatan 16 foizni, 2020 yilning to‘rt oyida esa 19,1 foizni tashkil etdi.

2021 yil aprel oyida iste’mol bozorida tovarlar va xizmatlar o‘rtacha 1,5% ga qimmatlashdi, deb xabar beradi Davlat statistika qo‘mitasi. Yil boshidan buyon ular uchun narxlarning o‘sishi 4,1% ni tashkil etib, o‘rtacha oylik qiymati 1% ni tashkil etdi. Yillik hisobda (2020 yilning aprel oyiga kelib) narx-navoning o‘sishi 10,7% ga yetdi.

Aprel oyida oziq-ovqat mahsulotlari 3 foizga, nooziq-ovqat mahsulotlari 0,4 foizga, xizmatlar 0,5 foizga qimmatlashdi.

Oziq-ovqatlar va spirtsiz ichimliklardan 2021 yil aprel oyida narxlar o‘sishi bo‘yicha yog‘-
moy mahsulotlari sezilarli ustunlik bilan yetakchilik qilib, oy davomida 21,6 % ga qimmatlashdi. Bundan tashqari, meva-sabzavot mahsulotlari (3,0-4,6 %) va shakar, qandolat mahsulotlari va desertlar (2,4 %) sezilarli darajada qimmatlashdi.

Oziq-ovqat mahsulotlari va spirtli ichimliklar asosiy guruhlari orasida 2021 yilning yanvar aprelida narxlar oshishi bo‘yicha yetakchilik yog‘-moy mahsulotlariga (26,8 %) tegishli bo‘ldi. Yetakchi uchlikka shuningdek, sabzavotlar, ildizmevalilar, plantaynlar va dukkaklilar (12,9 %)
hamda mevalar va yong‘oqlar (10,8 %) kirdi.

Yillik nisbatda, yog‘-moy mahsulotlari (1,6 barobar), shakar, qandolat mahsulotlari va desertlar (15,3 %), sut, boshqa sut mahsulotlari va tuxum (14,6 %) hamda go‘sht mahsulotlari yuqori darajada qimmatlashdi (14,5 %).

Hisob-kitoblarga ko‘ra, tovarlar va xizmatlar narxlari oshishining umumiy ta’sirida nooziq-ovqat mahsulotlar ta’siri ulushi 9,2 % ni, aholiga pullik xizmatlar ta’siri ulushi 7,2 % ni tashkil etdi.

2021 yilning yanvar-aprelida oziq-ovqat mahsulotlari 6,2 % ga qimmatlashib, 2020 yil mos
davridagi ko‘rsatkichdan 1,5 foiz bandga va 2019 yildagi mos ko‘rsatkichdan 1,2 foiz bandga past
bo‘ldi.

Yil boshidan turar joylarga xizmat ko‘rsatish va ta’mirlash uchun materiallar 2,9 % ga (2020- yil apreliga nisbatan 12,4 %), turar joylarga xizmat ko‘rsatish va ta’mirlash xizmatlari 2,4 % ga (15,3 %), sovuq suv va kanalizatsiya uchun to‘lovlar 1,6 barobarga (1,9 barobar), ko‘p qavatli uylarga xizmat ko‘rsatish 1,7 % ga (2,2 %), chiqindilarni to‘plash va olib ketish uchun to‘lovlar 1,1 % ga (3,2 %) qimmatlashgan.

Maqolani ulashing

O'xshash yangiliklar