2022 yilning yanvar-sentyabr oylarida Buxoro viloyatida asosiy kapitalga kiritilgan investitsiyalar 15,8 trln so‘mni tashkil etdi.
Viloyatda investitsiyalar o‘zlashtirilishida keskin differensiallik saqlanib qolgan. Xususan, kiritilgan investitsiyalarning 59,6 foizi viloyatning 3 ta hududi – Romitan (21,9%), Kogon tumanlari (18,9%) va Buxoro shahri (18,8%) hissasiga to‘g‘ri kelgan. Qorovulbozor (5,4%), Olot (4,5%), Vobkent (4%), G‘ijduvon (3,6%), Peshko‘ (3,4%), Jondor (2,9%), Qorako‘l (2,7%), Shofirkon tumanlari (1,8%) va Kogon shahri (0,9%) tumanlarida investitsiyalar oqimining pastligi kuzatilgan.
Hududlarda amalga oshirilayotgan yirik investitsion loyihalar natijasida asosiy kapitalga kiritilgan investitsiyalar hajmi o‘tgan yilning mos davriga nisbatan Kogon (1,8 baravar), Buxoro (1,6 baravar), Qorovulbozor (1,3 baravar), Qorako‘l (1,3 baravar) va Vobkent (1,3 baravar) tumanlarida o‘sish darajasi qayd etilgan. Lekin, birgina Shofirkon (88%), Buxoro sh. (80%), Romitan (71%), Olot (62%) va Kogon sh. (48%) investitsiyalar oqimining pasayish tendensiyasi kuzatilgan.
Viloyat bo‘yicha aholi jon boshiga to‘g‘ri keladigan asosiy kapitalga kiritilgan investitsiyalar 7936,7 ming so‘mni (Respublika ko‘rsatkichidan 2591,6 ming so‘m ko‘p), o‘sish ko‘rsatkichi o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 9,1%ni tashkil qilgan holda respublika hududlari orasida 4-o‘rinni egallagan.
Tuman (shahar)lar kesimida jon boshiga to‘g‘ri keladigan asosiy kapitalga kiritilgan investitsiyalar hajmi bo‘yicha Qorovulbozor (5,6 baravar), Kogon (4,6 baravar), Romitan (3 baravar), tumanlarining ko‘rsatkichi viloyat ko‘rsatkichidan yuqori bo‘lgan. Qorako‘l (3,1 baravar), Jondor (3,1 baravar), Kogon sh. (3,6 baravar), G‘ijduvon (4,3 baravar) va Shofirkon (5,2 baravar) tumanlari ko‘rsatkichining viloyat ko‘rsatkichiga nisbatan pastligi qayd etilgan.
Jon boshiga to‘g‘ri keladigan asosiy vositalarga kiritilgan investitsiyalar hajmi bo‘yicha ham tumanlar o‘rtasida keskin tavofutning mavjudligi kuzatilgan. Jumladan, eng yuqori ko‘rsatkich qayd qilingan Qorovulbozor tumanida jon boshiga to‘g‘ri keladigan asosiy kapitalga o‘zlashtirilgan investitsiya hajmi Shofirkon tumaniga nisbatan 29 baravar va G‘ijduvon tumaniga nisbatan 24 baravarga ziyoddir.
Markazlashmagan moliyalashtirish manbalari bo‘yicha tahlil qilganda, o‘zlashtirilgan investitsiyalarning 22,2 foizi korxona mablag‘lari, 48 foizi xorijiy investitsiyalar va kreditlar, 11,3 foizi aholi mablag‘lari va 6,7 foizi bank krediti va boshqa qarz mablag‘lari hisobiga to‘g‘ri keladi.
Izoh qoldirish