Jizzax viloyatining doimiy aholisi soni 2023 yil yanvar-mart holatiga ko‘ra, 1 483,1 ming kishini tashkil etib, o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 32,6 ming kishiga yoki 102,3%ga ko‘paydi. Jumladan, shahar aholisi soni 695,9 ming kishini (jami aholi sonidagi ulushi 46,9%), qishloq aholisi soni 787,2 ming kishi (53,1%)ni, erkaklar soni 748 ming kishi (50,4%)ni, ayollar soni 735,1 ming kishi (49,6%)ni tashkil etdi.
Viloyat hududlari kesimida tahlillar shuni ko‘rsatmoqdaki, 2023 yil yanvar-mart holatiga eng ko‘p aholi soni Sh.Rashidov tumanida 238 ming kishini (viloyat aholisi sonidagi ulushi 16%ni) va Jizzax shahrida 193,2 ming kishini (13%), aksincha eng kam aholi soni Yangiobod shahrida 29,5 ming kishini (2%) va Arnasoy shahrida 48,2 ming kishi (3,3%)ni tashkil etdi.
Qayd etilgan nikohlar soni 1 642 ni tashkil etib, har ming aholiga nikoh koyeffitsiyenti 4,5 promilleni tashkil etgan hamda 2022 yilga nisbatan minus 1,4 promillega kamaygan.
Ajrimlar soni 436 ni tashkil etib, har ming aholiga nikohdan ajralishlar koyeffitsiyenti 1,2 promilleni tashkil etgan hamda 2022 yilga nisbatan o‘zgarish kuzatilmadi.
Eng ko‘p ajrimlar Sh.Rashidov tumanida 83 ta va Jizzax shahrida 75 ta, aksincha eng kam ajrimlar Yangiobod tumanida 7 ta va Arnasoy tumanida 11 tani tashkil etdi.
Tug‘ilgan chaqaloqlar soni 9 725 bola, shundan eng ko‘p tug‘ilishlar Jizzax shahrida 1 748 (jami tug‘ilishdagi ulushi 18%) va Sh.Rashidov tumanida 1 483 (15,3%), aksincha eng kam tug‘ilishlar Yangiobod tumanida 147 (1,5%) va Mirzacho‘l tumanida 245 (2,5%)ni tashkil etdi.
Doimiy aholi sonining 33,3% mehnatga layoqatli yoshdan kichiklar, 56,1% mehnatga layoqatli yoshdagilar va 10,6% mehnatga layoqatli yoshdan kattalar hissasiga to‘g‘ri keladi.
2023 yilning yanvar-mart oylarida 1 547 ta o‘lim qayd etilgan bo‘lib, har 1000 aholiga o‘lim koyeffitsiyenti 4,2 promilleni tashkil etgan hamda 2022 yilga nisbatan o‘limlar soni o‘zgarmaganligi kuzatildi.
Doimiy yashash maqsadida ko‘chib kelganlar soni 1 518 kishini, Doimiy yashash maqsadida ko‘chib ketganlar soni 2 069 kishini, migratsiya saldosi minus 551 kishini tashkil etdi.
Izoh qoldirish