Namangan viloyati umumiy tashqi savdo aylanmasining 54%i BRIKS davlatlari savdo aylanmasiga to‘g‘ri keladi. BRIKS davlatlari bilan savdo aylanmasi 587 386,1 ming AQSh dollarni tashkil qiladi.
2021 yilda (2020 yilga nisbatan) BRIKS davlatlari bilan savdo aylanmasining o‘sish sur’ati 29% ni tashkil qilgan.
BRIKS davlatlariga eksport hajmi 2021 yilda (2020 yilga nisbatan) 54,9%ga o‘sgan.
BRIKS davlatlaridan import hajmining o‘sish sur’ati 2021 yilda (2020 yilga nisbatan) 11,4%ni tashkil qiladi.
2021 yil yakuniga ko‘ra, Namangan viloyatining BRIKS davlatlari bilan savdo aylanmasining hajmi:
Rossiya Federatsiyasi bilan tashqi savdo aylanmasi 304 970,7 ming AQSh dollarni tashkil etib, eksport hajmi 202 060,6 ming AQSh dollari, import hajmi esa 102 910,1 ming AQSh dollariga yetdi.
Xitoy bilan tashqi savdo aylanmasi 263 439,8 ming AQSh dollarni tashkil etib, eksport hajmi 75 585,8 ming AQSh dollari, import hajmi esa 187 854 ming AQSh dollariga yetdi.
Hindiston bilan tashqi savdo aylanmasi 18 365,7 ming AQSh dollari, shundan eksport hajmi 738,2 ming AQSh dollari, import hajmi esa 17 627,5 ming AQSh dollariga yetdi.
Janubiy Afrika bilan tashqi savdo aylanmasi 171,3 ming AQSh dollari, shundan eksport 40,5 ming AQSh dollari, import esa 130,8 ming AQSh dollarini tashkil qildi.
Braziliya bilan tashqi savdo aylanmasi 438,6 ming AQSh dollarini tashkil qilib, bu miqdor to‘lig‘icha import hisobiga to‘g‘ri kelgan.
Izoh qoldirish