Infografika: Sirdaryo viloyatining besh yillik ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishi

Infografika: Sirdaryo viloyatining besh yillik ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishi

Ekspertlar viloyatning so‘nggi yillarida yuz bergan faol islohotlarning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishidagi asosiy o‘zgarishlarini taqdim etdi.

Sirdaryo viloyatida O‘zbekiston aholisining 2,5 foizi istiqomat qiladi va uning yer maydoni butun respublika hududining qariyb 1 foizini tashkil qiladi.

Ammo, aholi soni kamligi va hududining kichikligiga qaramay, ushbu viloyat o‘zining geografik joylashuvi va bir qator xususiyatlari bilan mamlakat iqtisodiyotida muhim rol o‘ynaydi.

Shimolda bu viloyat Qozog‘iston bilan, janubda esa – Tojikiston bilan chegaradosh. Sirdaryo respublikaning ikkita tomonidan ikki davlat bilan chegaradosh bo‘lgan uchta viloyatidan biridir.

2017-2020 yillar davomida viloyatning yalpi hududiy mahsuloti (YaHM) 8,4% ga oshib, 12,9 trln. so‘mni tashkil etdi.

Viloyatda faoliyat ko‘rsatayotgan korxonalar soni 37% ga, 2016 yildagi 13,3 ming donadan 2020 yilda 18,2 ming donagacha o‘sdi.

Infratuzilmani rivojlantirish sohasida 2016-2020 yillarda 741 km suv ta’minoti tarmoqlari yotqizildi.

Besh yil davomida Sirdaryo viloyatida 83 mingga yaqin yangi ish o‘rinlari yaratildi.

Shu davr mobaynida viloyatda 1 192 ming kvadrat metr uy-joy foydalanishga topshirildi, maktabgacha ta’lim muassasalarida 5,4 ming, maktablarda 10,2 ming, shifoxonada 1,4 ming o‘ringa mo‘ljallangan koyekalar tashkil etildi.

Sirdaryo viloyatida 2021 yil uchun 737 ta loyiha shakllantirilgan. Ularning umumiy qiymati 25 trillion 500 milliard so‘m bo‘lib, shundan qariyb 900 million dollarini xorijiy investitsiyalar tashkil etadi. Loyihalarni shakllantirishda to‘qimachilik, qurilish materiallari, farmatsevtika va oziq-ovqat sanoati “drayver” sifatida belgilab olingan.

Iqtisodiy tadqiqotlar va islohotlar markazi

Jamoatchilik bilan aloqalar bo‘limi

Maqolani ulashing

O'xshash yangiliklar