Iqtisodiy tadqiqotlar va islohotlar markazi (Markaz) O‘zbekistonda ko‘chmas mulk bozoridagi talab o‘zgarishlarini doimiy ravishda tahlil qilib kelmoqda.
2021 yilda 248,2 ming dona ko‘chmas mulk oldi-sotdi shartnomalari rasmiylashtirilgan bo‘lib, bu 2020 yilga (216,2 ming dona) nisbatan 14,8%ga oshdi (2020 yilda o‘sish – 11,7%).
Hududlar kesimida 2020 yilga nisbatan ko‘chmas mulk bozorida oldi-sotdilar soni faqatgina Toshkent viloyatida (0,9 %) kamaydi.
Namangan (48,6%), Buxoro (41,1%), Andijon (39,8%), Farg‘ona (33,6%) viloyatlarida esa yillik o‘sish kuzatildi.
Ta’kidlash kerakki, ko‘chmas mulk bozorida oldi-sotdilar soni har yili dekabr oyida sezilarli darajada oshadi. 2020 yil dekabrda o‘sish sur’ati 20,9%ni tashkil etgan bo‘lsa, 2019 yilning dekabrida 79,3%ga yetgan edi.
1-rasm. Ko‘chmas mulk oldi-sotdisi bo‘yicha rasmiylashtirilgan shartnomalar sonining o‘zgarishi indeksi
Ajratilgan kredit miqdori
2021 yilda tijorat banklari tomonidan 59,6 ming nafar fuqaroga 9,8 trln.so‘m (nisbatan o‘sish 7,7%) miqdorida ipoteka kreditlari ajratildi (2020 yilda - 9,1 trln.so‘m).
Shundan, 2,4 trln.so‘m ikkilamchi bozordan uy sotib olish uchun berilgan bo‘lsa, 7,4 trln.so‘m birlamchi bozor uchun taqdim etildi. 2022 yil 1 yanvar holatiga ipoteka kreditlari qoldig‘i 35,8 trln.so‘mni tashkil etdi.
Xalilulloh Hamidov, Iqtisodiy tadqiqotlar va islohotlar markazi Sektor mudiri tel: (78) 150 02 02 (410)
Iqtisodiy tadqiqotlar va islohotlar markazining Jamoatchilik bilan aloqalar xizmati tel: (78) 150 02 02 (417)
Izoh qoldirish