Iqtisodiy tadqiqotlar va islohotlar markazi (Markaz) avtomobil bozorida savdolar o‘zgarishini muntazam tahlil qilib kelmoqda.
2021 yilda respublika bo‘yicha 691,9 mingta avtotransport vositalari oldi-sotdisi amalga oshirilgan bo‘lib, bu o‘tgan yilga nisbatan 12,5%ga ko‘p (2020 yilda 614,9 ming). Shundan, 28,1 foizi yangi yengil avtomobillar hisoblanadi (13,6 mingtasi yoki 7 foizi chet elda ishlab chiqarilgan),
1-rasm. Ro‘yxatga olingan va qayta ro‘yxatdan o‘tgan avtomobillar sonini o‘zgarishi indeksi
Qayd etish kerakki, koronavirus pandemiyasi sababli yuzaga kelgan global mikrochip tanqisligi tufayli 2021 yil yanvar-noyabr oylari davomida oyiga 12-20 ming dona yangi yengil avtomobillar yetkazib berilgan bo‘lsa, dekabr oyiga kelib ushbu ko‘rsatkich 27,2 minggacha oshdi.
Hududlar kesimida yillik eng yuqori o‘sish sur’atlari Samarqand (30,9%), Surxondaryo (29,4%), Namangan (27,9%) viloyatlari va Toshkent shahriga (19,9%) to‘g‘ri keldi.
Navoiy (9,7%), Sirdaryo (9,4%), Toshkent (3,2%) viloyatlarida avtomobillar xaridi kamaydi.
2-rasm. 2021 yilda birlamchi va ikkilamchi avtomobil bozori
2021 yilda chet elda ishlab chiqarilgan yangi yengil avtomobillar savdosi oshib bordi. Yilning birinchi yarmida 4,7 ming dona yengil avtomobillar sotilgan bo‘lsa, ikkinchi yarim yillikda savdo hajmi 8,9 mingga (1,9 barobar ko‘p) yetdi.
3-rasm. 2021 yilning yanvar-dekabr oylarida mahalliy va chet elda ishlab chiqarilgan yangi avtomobillar savdosi ulushi
Chet elda ishlab chiqarilgan yengil avtomobillarning asosiy qismi Toshkent shahrida (58,4%) sotilgan.
Chet elda ishlab chiqarilgan yengil avtomobillarning sotilishi bo‘yicha keyingi o‘rinlarni Farg‘ona (12,4%), Toshkent (7%) va Samarqand (4,7 %) viloyatlarida egalladi.
Eng kam oldi-sotdi operatsiyalari Surxondaryo (0,5%) va Sirdaryo (0,7%) viloyatlarida kuzatildi.
Xalilulloh Hamidov, Iqtisodiy tadqiqotlar va islohotlar markazi Sektor mudiri
tel: (78) 150 02 02 (410)
Iqtisodiy tadqiqotlar va islohotlar markazi Jamoatchilik bilan ishlash bo‘limi
tel: (78) 150 02 02 (417)
Izoh qoldirish