Iyul oyida O‘zbekiston banklaridagi mikroqarzlar bo‘yicha holat

Iyul oyida O‘zbekiston banklaridagi mikroqarzlar bo‘yicha holat

Spot barcha banklarning mikroqarz shartlarini taqqosladi. Aksariyat banklarda foiz stavkalari narxi pasaytirilgan, shuningdek, “Aloqabank”, “UzAgroEksport bank”, “Universalbank"da mikrozaym berish va “Turkistonbank” da kredit berishning barcha turlari vaqtinchalik bekor qilinganligi ma’lum bo‘ldi.

Mikrokreditlar jismoniy shaxslarga iste’mol kreditlari uchun muqobil bo‘lishi mumkin. Kreditning maksimal miqdori besh barobar kamroq, lekin mikroqarzlar naqd pulda yoki ariza beruvchining plastik kartasiga o‘tkazib beriladi.

2021 yil iyul holatiga ko‘ra 31 bankdan 21 tasi mikroqarzlar beradi.

Kredit olish uchun zarur bo‘lgan standart hujjatlar to‘plami quyidagilardan iborat:

  • pasport nusxasi;
  • ariza
  • oxirgi 12 oylik daromadlar bo‘yicha ma’lumotnoma;
  • ta’minlanganlik.

Shartlar oddiy: doimiy maosh yoki nafaqaga ega bo‘lish va uchinchi tomon kafilligi kerak bo‘ladi.

Spot aniq axborot olish uchun bankning o‘ziga murojaat qilishingizni tavsiya qiladi, chunki shartlar bir qancha omillarga bog‘liq.

Bank nomi

Foiz

Pul miqdori (so‘mda)

Muddat

“Agrobank” (onlayn)

Bir yil — 26,99%

5 milliongacha

1 yil

“Azia Alyans bank”

Bir yil- 23%, 3-yil — 26,99%

50 milliongacha

1 yildan 3 yilgacha

“Infin bank”

26,99%

24,5 milliongacha

1 yilgacha

“Ipak yo‘li bank”

31%

22,3 milliongacha

2 yil

“Ipoteka bank”

26%

50 milliongacha

1 yil

“Qishloq qurilish bank”

27%

50 milliongacha

1 yil

“Orent Finans bank

30%

0%

15 milliongacha

20 milliongacha

1 yil

1 yil

“Trastbank”

1 yil — 24%

2 yil — 26%

25 milliongacha

1 yildan 2 yilgacha

“Hamkorbank”

1 yil — 26%

2 yil — 28%

3 yil — 30%

50 milliongacha

3 yilgacha

“Mikrokreditbank”

Naqd pul — 28%

Bank kartasi — 27%

50 milliongacha

1 yil

“O‘zsanoatqurilishbank”

26,9%

50 milliongacha

2 yilgacha

“Savdogarbank”

1 yil — 26%

2 yil — 26,9%

50 milliongacha

1 yilgacha

“Ziraat Bank”

1 yil — 23,9%

2 yil — 24,9%

3 yil — 25,9%

50 milliongacha

3 yilgacha

“O‘zmilliybank”

28%

24,5 milliongacha

1 yilgacha

“Xalq banki”

26,99%

24,5 milliongacha

1 yilgacha

“Anorbank”

36−50% skoring ball bo’yicha

10 milliongacha

1 yilgacha

“Turonbank”

26%

24,5 milliongacha

1 yildan 2 yilgacha

“Ravnaqbank” (onlayn)

30%

30 milliongacha

1 yilgacha

“Poytaxtbank”

1 yil — 26% 2 yil — 28%

50 milliongacha

1−2 yilgacha

“Tyenge bank”

30% 26,9%

20 milliongacha 50 milliongacha

1 yilgacha 3 yilgacha

Shuningdek, “Davrbank"da maqsadi talab qilinmaydigan kredit turlari ham mavjud. Unga qarz bank tomonidan 3 yilgacha muddatda beriladi. Yillik 26,99% ni tashkil etadi, ajratiladigan kredit miqdori 25 million so‘mgacha.

Tekshiruv va taqqoslashdan so‘ng ma’lum bo‘ldiki, “Aloqabank”, “UzAgroEksport bank”, “Universalbank"da mikrozaym berish va “Turkistonbank” da kredit berishning barcha turlari vaqtinchalik bekor qilinganligi ma’lum bo‘ldi.

Maqolani ulashing

O'xshash yangiliklar