2021 yil 20 dekabr kuni Xalq deputatlari viloyat Kengashining navbatdagi sessiyasida viloyat hokimi Jizzax viloyati aholisiga murojaat qildi. Sessiya ishi va viloyat hokimi murojaati hokimlikning facebook rasmiy sahifasida va viloyat telekanalida to‘g‘ridan-to‘g‘ri efirga uzatildi.
Tasviriy ifodalovchi so‘zlardan foydalanib, tahlilchilar viloyat hokimi nimaga ko‘proq e’tibor qaratayotganini aniqlashdi.
Viloyat hokimi o‘z nutqida jami 7 575 so‘zdan foydalangan. Eng ko‘p “Yangi” so‘zini - 45 marta, “Yoshlar” so‘zini – 31 marta, “Jizzax” so‘zini – 29 marta, “Rivojlantirish”, “Ta’lim”, so‘zlarini 28 martadan, “Ijtimoiy” so‘zini 19 marta qo‘llagan. Bundan tashqari, “Aholi”, “O‘zbekiston”, “Mahalla”, “Sanoat”, “Maktab”, “Tadbirkorlik”, “Iqtisodiyot”, “Investitsiya so‘zlari ham ko‘p takrorlangan.
Murojaatnomada asosiy e’tibor 2021 yil davomida erishilgan iqtisodiy o‘sish sur’atlari, amalga oshirilgan investitsion loyihalar va “Obod qishloq” dasturining ijrosiga hamda 2022 yilda viloyatda amalga oshiriladigan bunyodkorlik ishlariga qaratilgan.
Jumladan, 2021 yil yakuni bilan yalpi hududiy mahsulot hajmining o‘sish sur’ati o‘tgan yilga nisbatan 7,1 foizga, sanoat mahsulotlari ishlab chiqarish hajmi qariyb 10 foizga (9,9%), qishloq xo‘jaligi mahsulotlari yetishtirish 6,2 foizga, qurilish ishlari hajmi 4,3 foizga va xizmatlar 29,5 foiz o‘sishi, shuningdek, aholi jon boshiga yalpi hududiy mahsulot hajmi 14,7 mln.so‘mni tashkil qilib, o‘tgan yilga nisbatan 1,7 mln.so‘mga ortishi hamda aholi real daromadlar hajmi 12,5 mln.so‘mni tashkil qilib, o‘tgan yilga nisbatan 7,2 foizga o‘sishi kutilmoqda.
Investitsiya dasturlari doirasida 5,0 trln.so‘mlik 504 ta investitsiya loyihalari foydalanishga topshirilib, faqat ushbu loyihalarning o‘zidan 5 ming nafar yangi ish o‘rinlari yaratildi. 260,0 mln.dollar to‘g‘ridan-to‘g‘ri xorijiy investitsiya va kreditlar o‘zlashtirildi.
“Obod qishloq” va “Obod mahalla” dasturlariga muvofiq viloyat bo‘yicha 286 ta mahallalardagi 2 866 ta ob’yektlarda qurilish-ta’mirlash ishlari bajarildi.
Aholini toza ichimlik suvi va kanalizatsiya xizmatlari bilan ta’minlash maqsadida “Zarafshon daryosi suvidan foydalanish hisobiga Jizzax viloyatining ichimlik suv ta’minoti tizimini yaxshilash” loyihasi amalga oshirildi.
Maktabgacha ta’limni rivojlantirish borasida amalga oshirilgan ishlar natijasida, joriy yilda 315 ta nodavlat (oilaviy) bolalar bog‘chalari tashkil etilib, 8,8 ming nafar maktabgacha ta’lim yoshidagi bolalar qo‘shimcha qamrab olindi. Maktabgacha ta’limga qamrov darajasi yil boshidagi 65 foiz dan 71,6 foizga yetkazildi.
Xalq ta’limi tizimi olib borilgan islohotlar natijasida, o‘tgan yili 15,6% bitiruvchilarmiz oliy o‘quv yurtlariga o‘qishga qabul qilingan bo‘lsa, joriy yilda bitiruvchilarning 33,3 foizi (+17,7 %) yoki 6 277 nafari oliy o‘quv yurtlariga o‘qishga kirdilar.
Joriy yilda, viloyatda oliy ta’lim muassasalari soni 4 tadan 6 taga yetkazildi. Xususan, 2 ta («Sambhram» Univesriteti va Qozon federal universiteti Jizzax filiali) tashkil etildi.
Oliy ta’lim muassasalariga talabalarning qabul ko‘rsatkichlari 2021/2022 o‘quv yilida o‘tgan yilga nisbatan 1076 nafarga ko‘paytirilib, 7982 nafarga yetkazildi. So‘nggi 5 yilda oliy ta’lim bilan qamrab olish darajasi qariyb 2 barobarga (3170 nafardan 6426 nafarga) oshirishga erishildi.
2022 yildagi asosiy vazifalar Prezidentimizning 2021 yil 6 noyabrdagi lavozimga kirishish tantanali marosimiga bag‘ishlangan Oliy Majlis palatalari qo‘shma majlisidagi “Yangi O‘zbekiston taraqqiyot strategiyasi asosida demokratik islohotlar yo‘lini qat’iy davom ettiramiz” nutqida belgilangan “Yangi O‘zbekiston Taraqqiyot strategiyasi”nining 7 ta ustuvor yo‘nalishlarini kelib chiqib belgilandi.
Xususan, 2022 yilda viloyatda :
- ishsizlik va kambag‘allikni qisqartirish bo‘yicha viloyatdagi 80 mingdan ziyod ishsizlar va mehnat bozoriga kirib keladigan 30 mingga yaqin yoshlar bandligini ta’minlash uchun 101,1 mingta doimiy va mavsumiy yangi ish o‘rinlari tashkil etiladi;
- mahalla va tumanlarning yangi “o‘sish nuqtalari”dan kelib chiqib, drayver sohalarda oilaviy tadbirkorlik va xizmat ko‘rsatish loyihalarini amalga oshirish belgilandi. Buning uchun viloyatlagi 299 ta mahallalarda aniqlangan 571 ta “O‘sish nuqtalari” asosida o‘sish ta’minlanadi. 2022 yilda ushbu “o‘sish nuqtalari” shahar va tumanlar hokimliklari, tegishli tashkilot va idoralar hamda “hokim yordamchilari” tomonidan fuqarolarga subsidiyalar va oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish dasturi doirasida va boshqa imtiyozli kreditlar ajratilishi hisobiga amalga oshiriladi.
- qishloq xo‘jaligi va tomorqalarni rivojlantirish bo‘yicha barcha kuch va imkoniyatlar ishga solinadi. Paxta va g‘alla ekinlaridan qisqartirilgan 7226 gektar yer maydonlarini aholiga 10 sotixdan 1 gektargacha dehqon xo‘jaligi qilib ajratib berish hisobiga 16 912 nafar yangi ish o‘rinlari yaratilib, 73,6 ming tonna qishloq xo‘jaligi maxsulotlari yetishtiriladi.
- Mahalliy sanoatni rivojlantirish va hududiy investitsiya dasturlarini amalga oshirish eng muhim vazifalarimizdan biri hisoblanadi.
2022 yilda shahar va tumanlarda umumiy qiymati 8,7 trln. so‘mlik 314 ta yangi investitsiya loyihalari ishga tushirilib, 8 971 ta yangi ish o‘rinlari yaratiladi. Mahalliy sanoatni rivojlantirish maqsadida viloyatda 7 ta tarmoq yo‘nalishi bo‘yicha 3,7 trln so‘mlik 154 ta loyiha xisobiga 17 699 ta yangi ish o‘rinli yaratiladi
- “Temir daftar”, “Ayollar daftari” va “Yoshlar daftari” tizimi bo‘yicha olib borayotgan ishlarimiz izchil davom ettirilib, aholini ijtimoiy himoya qilish mexanizmlari kuchaytiriladi.
- Aholining uy-joy va yashash sharoitlarini yaxshilash ustuvor vazifalardan biri bo‘ladi. 2022 yilda 14 ta har biri 80 xonadonli jami 1 120 xonadonga mo‘ljallangan 16 qavatli uy-joylar yangi tizim asosida “qurilish klasteri” tomonidan amalga oshiriladi.
23 ta qishloq va 3 ta mahalla “Obod qishloq” va “Obod mahalla” dasturlari amalga oshiriladi.
Ijtimoiy soha infratuzilmasini yaxshilash doirasida 4 ta bog‘cha, 16 ta maktab, 15 ta tibbiyot muassasasi quriladi va ta’mirlanadi.
- “Yashil makon” umummiliy loyihasi doirasida mahallalarda daraxt ekish va ko‘kalomzorlashtirish tadbirlari davom ettiriladi.
har bir tuman va shahar markazlarida 2 tadan, jami 85,2 gektar maydonda 26 ta “yashil maydon” jamoat parklari etiladi.
- hududlarda birlamchi tibbiy yordam xizmati sifatini yaxshilash, sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish doirasida Sharof Rashidov, Zomin va Do‘stlik tumanlarida tumanlararo 30 o‘rin-joyli endokrinologiya bo‘limlari, G‘allaorol, Do‘stlik va Zomin tumanlari tibbiyot birlashmalari negizida tumanlararo qo‘shma shikastlanishlar va o‘tkir qon-tomir kasalliklari markazlari, Forish, Baxmal, Arnasoy, Mirzacho‘l tumanlari tibbiyot birlashmalarida 20 o‘rinli kardiologiya bo‘limlari, Jizzax shahrida “Tibbiyot klasteri” tashkil etiladi.
- Maktabgacha va maktab ta’lim tizimini rivojlantirish bo‘yicha zarur choralar ko‘riladi. Maktabgacha ta’lim bilan qamrab olish darajasini 73 foizga yetkazish maqsadida 6 ta davlat-xususiy sheriklik asosidagi, 105 ta oilaviy nodavlat maktabgacha ta’lim tashkiloti, 81 ta majburiy bepul bir yillik tayyorlov guruhlar tashkil etiladi.
Iqtisodiy tadqiqotlar va islohotlar markazi
Jamoatchilik bilan ishlash bo‘limi
Izoh qoldirish