2022 yilning yanvar-iyun oylarida viloyatda qishloq, o‘rmon va baliqchilik xo‘jaligi mahsulot (xizmat)larining umumiy hajmi 7 612,1 mlrd.so‘mni shu jumladan, dehqonchilik va chorvachilik, ovchilik va ushbu sohalarda ko‘rsatilgan xizmatlar –7 413,6 mlrd. so‘mni, o‘rmon xo‘jaligi – 141,9 mlrd. so‘mni, baliqchilik xo‘jaligi – 56,6 mlrd. so‘mni tashkil qildi. Qishloq xo‘jaligi mahsulotlari ishlab chiqarilib, o‘sish sur’atlari 102,3% ni (11-o‘rin), respublikadagi ulushi 5,8% ni (10-o‘rin) tashkil etdi.
Eng yuqori o‘sish sur’atlari Forish (106,7%), G‘allaorol (104,8%) va Arnasoy (103,5%) tumanlarida qayd etildi.
Jami qishloq xo‘jaligi mahsulotlarining 57,6 foizi Baxmal (13,5%), G‘allaorol (12,8%), Sh.Rashidov (11,6%), Zomin (10,9%) va Do‘stlik (8,8%)tumanlari hissasiga to‘g‘ri keladi.
YaHM tarkibidagi qishloq xo‘jaligi ulushi 42,0% ni tashkil etib, 2021 yil mos davriga nisbatan 3 punktga kamaygan.
Aholi jon boshiga ishlab chiqarilgan qishloq xo‘jaligi mahsulotlari hajmi 5 247,8 ming so‘mni (3-o‘rin) tashkil etdi.
Aholi jon boshiga qishloq xo‘jaligi mahsulotlari eng yuqori ko‘rsatkichlari Do‘stlik (9 539,9 ming so‘m), Mirzacho‘l (8 997,9 ming so‘m) va Arnasoy (8 311,5 ming so‘m) tumanlarida, eng past ko‘rsatkichlar Jizzax shahri (874,8 ming so‘m), Sharof Rashidov (3 687,6 ming.so‘m) va Zomin (4 673 ming.so‘m) tumanlarida qayd etildi.
Qishloq xo‘jaligi mahsulotlarining 70,4% chorvachilik, 29,6% dehqonchilik faoliyati hissasiga to‘g‘ri keladi.
Hisobot davrida qiymati 3 545 mlrd.so‘mlik 89,7 ming tonna tirik vaznda go‘sht, 1 232 mlr.so‘mlik 291,8 ming tonna sut, 119 mlrd.so‘mlik tuxum, 10 mlrd.so‘mlik pilla 271 mlrd.so‘mlik boshqa chorvachilik mahsulotlari yetishtirildi.
O‘simlikchilik mahsulotlarining 19,9%, chorvachilik mahsulotlarining 95,8% dehqon xo‘jaliklari tomonidan yetishtirildi.
Jami qishloq xo‘jaligi yo‘nalishida faoliyat yuritayotgan korxonalar soni 22 988 ta ga yetib, jami faoliyat yuritayotgan korxonalarning 51,6%ni tashkil etdi.
Izoh qoldirish