2022 yilning yanvar-sentyabr oylarida Jizzax viloyatida asosiy kapitalga investitsiyalar 7 478,7 mlrd so‘mni tashkil etdi.
Moliyalashtirish manbalari bo‘yicha tahlil qilganda, o‘zlashtirilgan investitsiyalarning 31 foizi korxona va aholi mablag‘lari, 40,2 foizi xorijiy investitsiyalar, 17 foizi davlat byudjeti va 12 foizi bank krediti va boshqa qarz mablag‘lari hisobiga to‘g‘ri keladi.
Asosiy kapitalga investitsiyalarning texnologik tarkibida ishlab chiqarish, ya’ni, mashina, asbob-uskunalar va inventarlar xarajatlari 54,9 foizni, noishlab chiqarish - qurilish-montaj ishlari xarajatlari 38,8 foizni tashkil etdi.
O‘zlashtirilgan investitsiyalarning 36 foizi (2 680 mlrd so‘m) Forish tumaniga, 23 foizi (1 692,6 mlrd so‘m) Jizzax shahriga to‘g‘ri keladi.
Izoh qoldirish