Jizzax viloyatida 2022 yil yanvar-iyun oylarida hokim yordamchilari faoliyati

Jizzax viloyatida 2022 yil yanvar-iyun oylarida hokim yordamchilari faoliyati

Jizzax viloyatining jami 299 ta mahallalarning barchasiga tadbirkorlikni rivojlantirish, bandlikni ta’minlash va kambag‘allikni qisqartirish masalalari bo‘yicha hokim yordamchilari (hokim yordamchilari) tayinlangan. Hokim yordamchilarining 292 tasi erkak kishilar bo‘lsa, 7 tasi xotin-qizlardan iborat.

Hokim yordamchilari tomonidan 2022 yilning 6 oyi davomida bir qator ishlar amalga oshirildi.

241,3 ming xonadon xatlovdan o‘tkazilib, xonadonlar ijtimoiy va moliyaviy holatiga ko‘ra 4 guruhga bo‘lindi.

1-guruh - daromad topshiga ishtiyoqmand va daromadi kam (12,4 mingta xonadon), 2-guruh – daromadi bor, lekin ko‘paytirish istagi mavjud (148 ming), 3-guruh – boquvchisini yo‘qotgan, nogiron, ijtimoiy himoyaga muhtoj (13 ming) va 4-guruh – o‘ziga to‘q va yashash sharoiti yaxshi (67,8 ming) xonadonlar toifalariga bo‘lindi.

Hokim yordamchilari ishtirokida 98,4 ming nafar kishi ish bilan ta’minlandi, ularning 68 foizi o‘z-o‘zini band qilish bilan, 11 foizi doimiy ish oyi va 6 foizi jamoat ishlariga joylashdi.

518 nafar ijtimoiy muhtoj aholiga 1,7 mlrd so‘m mablag‘ subsidiya shaklida ajratildi. 235 km yo‘llarda asfalt, shag‘alashtirish va ta’mirlash ishlari amalga oshirildi. 143 ta mahallalarda 13,8 mlrd so‘mli gaz, ichimlik suvi, elektr ta’minotiga bog‘liq loyihalar amalga oshirildi.

Hisobot davrida 5762 ta tadbirkorlik sub’yektlari tashkil etilib, ularning 3167 tasi yuridik maqomga ega, 2595 tasi yakka tartibdagi tadbirkorlik sub’yektlari. “Har bir oila – tadbirkor” dasturi doirasida 10356 ta xonadonga 274 mlrd.so‘m mablag‘ o‘zlashtirildi.

Ishga tushgan jami loyihalar 356 ta bo‘lib, 93 mlrd.so‘m o‘zlashtirildi, 1382 ta yangi ish o‘rinlari yaratildi. Yil yakuniga qadar loyihalar sonini 1029 taga yetkazish va 5000 ta ish o‘rinlari yaratish reja qilingan.

Oilaviy tadbirkorlik doirasida 11900 ta parranda tarqatildi. 839 ta xonadonga 25 ming bosh quyon va 810 ta xonadonga asalari uyalari berildi.

Feruz Raximov
Iqtisodiy tadqiqotlar va islohotlar markazi

Maqolani ulashing

O'xshash yangiliklar