2022 yilning 3-chorak yakuniga ko‘ra chakana savdo tovar aylanmasi 7 743,3 mlrd. so‘mni tashkil etib, o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 13,3% ga o‘sdi. Shu jumladan, yirik korxonalarning tovar aylanmasi 1 189,7 mlrd. so‘mni, umumiy hajmdagi ulushi 15,4%ni (o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 34%ga o‘sdi), kichik tadbirkorlik sub’yektlarining tovar aylanmasi 6 553,6 mlrd. so‘mni, umumiy hajmdagi ulushi 84,6%ni (o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 10,2%ga o‘sgan), shu jumladan, uyushmagan savdo tovar aylanmasi 1 297,8 mlrd. so‘mni, umumiy hajmdagi ulushi 16,8%ni (o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 15,3%ga oshgan) tashkil etdi.
Ulgurji savdo tovar aylanmasi 1 944,4 mlrd. so‘mni tashkil etib, o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 7,4%ga o‘sdi. Shu jumladan, yirik korxonalarning tovar aylanmasi 395,6 mlrd. so‘mni, umumiy hajmdagi ulushi 20,3%ni (o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 15,8%ga kamaygan), kichik tadbirkorlik sub’yektlarining tovar aylanmasi 1 548,8 mlrd. so‘mni, umumiy hajmdagi ulushi 79,7%ni (o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 15,6%ga o‘sdi) tashkil etdi.
Chakana savdo tovar aylanmasi hajmining 2017-2019 yillarda o‘sish sur’ati kuzatilgan bo‘lsa, 2020 yilga kelib pandemiya ta’siri sababli pasayish sodir bo‘lgan. 2020 yildan boshlab 2022 yil yanvar-sentyabr oylariga qadar o‘sish kuzatilgan. Yuqoridagi grafikda umumiy tendensiyadagi o‘sishni ko‘rish mumkin.
Aholi jon boshiga chakana savdo tovar aylanmasi 2017-2021 yillar oralig‘ida mos ravishda 2 622,2 ming so‘mdan 6 398,9 ming so‘mgacha o‘sib, deyarli 3 baravarni tashkil etdi.
Shahar va tumanlar kesimida eng yuqori ko‘rsatkichlar Jizzax shahrida 10 792 ming so‘m, Baxmal tumanida 8 584 ming so‘m hamda Zomin tumanida 5 878,4 ming so‘m, eng past ko‘rsatkichlar Zafarobod tumanida 2195,2 ming so‘m va Yangiobod tumanida 2412,1 ming so‘mni tashkil etdi.
Izoh qoldirish