2020 yilning 9 oyi davomida huquqni muhofaza qiluvchi organlar tomonidan jami korrupsiya holatlari yuzasidan 838 ta jinoyat ishlari qo‘zg‘atilgan bo‘lib, shundan sudlarga yuborilgan 454 ta jinoyat ishlari bo‘yicha 647 nafar mansabdor shaxs jinoiy javobgarlikka tortilgan. Bu haqda Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi matbuot xizmati xabar qildi.
2020 yilning 9 oyi davomida aniqlangan korrupsion huquqbuzarliklar sodir etgan mansabdor shaxslarning eng katta qismi, ya’ni 261 nafar shaxs (40,3%) ni JK ning 167-moddasida ko‘rsatilgan jinoyatlarni sodir etgan mansabdor shaxslar tashkil qilgan. Shuningdek, JK ning 168-moddasi bilan 116 nafar shaxs, 184-moddasi bilan 68 nafar shaxs, 210-moddasi bilan 56 nafar shaxs, 205-moddasi bilan 24 nafar shaxs, 206-moddasi bilan 9 nafar shaxs, 207-moddasi bilan 15 nafar shaxs, 209-moddasi bilan 7 nafar shaxs jinoiy javobgarlikka tortilgan.
Jinoiy javobgarlikka tortilgan mansabdor shaxslarning 4 nafari respublika miqyosidagi, 15 nafari viloyat miqyosidagi 626 nafar shahar-tuman miqyosidagi mansabdor shaxslarni tashkil qiladi.
Jinoiy javobgarlikka tortilgan mansabdor shaxslar faoliyat yuritgan sohalar kesimi bo‘yicha tahlil natijalari ko‘ra:
- 7 nafar hokim o‘rinbosarlari;
- 1 nafar prokuratura tizimi;
- 1 nafar Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti;
- 13 nafar Majburiy ijro byurosi;
- 1 nafar adliya tizimi;
- 59 nafar IIV;
- 6 nafar DSQ;
- 1 nafar bojxona tizimi;
- 2 nafar Milliy gvardiya;
- 3 nafar Mudofaa vazirligi;
- 57 nafar Sog‘liqni saqlash vazirligi;
- 8 nafar Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi;
- 15 nafar Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi;
- 89 nafar Xalq ta’limi vazirligi;
- 36 nafar Maktabgacha ta’lim vazirligi;
- 34 nafar tijorat banklari rahbar xodimlari;
- 184 nafar ustavida davlat ulushi mavjud bo‘lmagan xo‘jalik yurituvchi sub’yektlarning rahbarlari jinoiy javobgarlikka tortilgan.
2020 yilning 9 oyi davomida korrupsion jinoyatlar oqibatida 200 mlrd. so‘mdan ortiq moddiy zarar yetkazilgan.
Izoh qoldirish