KIA joriy yilning avgust oyidan boshlab Stinger va Carnival modellarini sotuvga chiqardi.
KIA O‘zbekistonda yangi modellarini sotishni boshladi. Bu haqda Spot kompaniya ma’lumotlariga tayanib xabar bermoqda.
KIA dastlab O‘zbekistonda ikkita model – Seltos va K5 sotuvini yo‘lga qo‘ygan edi. Joriy yilning iyunm oyidan esa Sorento va Soul sotuvga chiqdi.
Avtokompaniya avgust oyiga kelib yana ikkita – Stinger (649,9 million so‘mdan) va Carnival (499,9 million so‘mdan) modellari bilan birgalikda jami oltita avtomobillari modellarini taklif qilmoqda.
Ma’lumot uchun, KIA O‘zbekistonda avtomobillarni yig‘ishni 2020 yilning kuzida boshlagan.
Kompaniyaning ma’lum qilishicha, Jizzaxdagi ishlab chiqarish liniyasi KIA kompaniyasining Rossiyadagi bosh shtabi nazorati ostida faoliyat olib boradi.
Ayni paytda Jizzaxdagi zavodning ishlab chiqarish quvvati yiliga 25 ming avtomobil.
Izoh qoldirish