Konstitutsiyaga o‘zgartirishlar kiritildi

Konstitutsiyaga o‘zgartirishlar kiritildi

“O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasiga o‘zgartishlar kiritish to‘g‘risida”gi Qonun (O‘RQ–671, 08.02.2021 y) qabul qilindi.

O‘zgartirishga ko‘ra, O‘zbekistonda sud tizimi quyidagilardan iboratligi belgilandi:

● O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyaviy sudi;
● O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi;
● harbiy sudlar;
● Qoraqalpog‘iston Respublikasi sudi, viloyatlar va Toshkent shahar sudlari;
● Qoraqalpog‘iston Respublikasi ma’muriy sudi, viloyatlar va Toshkent shahar ma’muriy sudlari;
● fuqarolik ishlari bo‘yicha tumanlararo, tuman, shahar sudlari;
● jinoyat ishlari bo‘yicha tuman, shahar sudlari;
● tumanlararo, tuman, shahar iqtisodiy sudlari;
● tumanlararo ma’muriy sudlari.

Qonun rasmiy e’lon qilingan kundan e’tiboran kuchga kiradi.

Maqolani ulashing

O'xshash yangiliklar