O‘zbekiston va Qozog‘iston: qazib olishdan ishlab chiqarishgacha kooperatsiya imkoniyatlari

O‘zbekiston va Qozog‘iston: qazib olishdan ishlab chiqarishgacha kooperatsiya imkoniyatlari

Ekspert sanoat, qurilish va transportdagi sa’y-harakatlarni birlashtirish, shuningdek, tashqi investitsiyalarni qazib olish va xom ashyoga asoslangan sohalardan chuqur qayta ishlash sohalariga qayta taqsimlash va global qo‘shilgan qiymat zanjirlariga integratsiyalashish muhimligini ta’kidladi.

2024 yil 2 avgust kuni Ostana shahrida O‘zbekskiston-Qozog‘iston ekspert kengashining birinchi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi. Unda Iqtisodiy tadqiqotlar va islohotlar markazi direktori Obid Xakimov O‘zbekiston va Qozog‘iston o‘rtasidagi iqtisodiy, investitsion va kooperatsion hamkorlikning asosiy yutuqlari va istiqbollari haqida nutq so‘zladi.

O.Xakimov o‘z nutqida so‘nggi yillarda ikki mamlakat o‘rtasida savdo-iqtisodiy aloqalarning sezilarli darajada kengayganini ta’kidladi. Qozog‘iston, taxminan, O‘zbekistonning tashqi iqtisodiy sheriklari orasida uchinchi o‘rinni egallamoqda, tovar ayirboshlashda 7% hissaga ega, shuningdek, Markaziy Osiyoda 62% hissa bilan birinchi o‘rinni egallaydi.

Iqtisodiy tadqiqotlar va islohotlar markazi ma’lumotlariga ko‘ra, so‘nggi yetti yilda O‘zbekiston va Qozog‘iston o‘rtasidagi mahsulot ayirboshlash 2,4 barobarga oshib, 2023 yilda $4,5 milliardga yetdi. O‘zbekistonning Qozog‘istonga eksport strukturasida mashinalar va transport vositalari hajmining deyarli yarmidan ko‘pini tashkil etadi.

Investitsiyalar sohasida, Markaz direktori so‘zlariga ko‘ra, barqaror o‘sish kuzatilmoqda. 2023 yilda Qozog‘istondan O‘zbekistonga to‘g‘ridan-to‘g‘ri xorijiy investitsiyalar $202 millionni tashkil etgan, 2024 yilning birinchi yarmida esa ularning hajmi $222 millionga yetgan.

«O‘zbekistonda qozog‘istonlik kapitaliga ega korxonalar soni 3,7 barobarga oshdi, bu esa hamkorlik loyihalariga bo‘lgan qiziqishning ortib borayotganini tasdiqlaydi», — dedi Xakimov.

Kooperatsion hamkorlik ham muhim yo‘nalish sifatida qayd etildi. Obid Xakimov ikki mamlakat 2030 yilga kelib o‘z Yalpi ichki mahsulotlarini ikki barobarga oshirishga intilayotganini ta’kidladi, bu esa sanoat, qurilish va transport kabi sohalarda kuchlarni birlashtirishni talab etadi.

Obid Xakimov - «kooperatsion hamkorlikni kengaytirish xorijiy investitsiyalarni xom ashyo sohalaridan qayta ishlovchi sohalarga yo‘naltirishga yordam beradi, bu esa iqtisodiyotlarimizni global qo‘shilgan qiymat zanjirlariga integratsiyalaydi».

Xulosa qilib, Markaz direktori ta’kidladi, «O‘zbekiston va Qozog‘istonning kuchlarni birlashtirishi Markaziy Osiyo mintaqasining iqtisodiy rivojlanishi uchun lokomotiv bo‘ladi».

Iqtisodiy tadqiqotlar va islohotlar markazi jamoat bilan aloqalar xizmati


Maqolani ulashing

O'xshash yangiliklar