Bugun EOAVMA davlat organlari, NNT va OAV vakillari ishtirokida davlat tashqi qarzlarini sarflash bo‘yicha ochiq muloqotni tashkil etdi. Tadbirda aytilgan asosiy fikrlar bilan bo‘lishamiz.
2021 yil 1 yanvar holatiga ko‘ra davlat tashqi qarzining hajmi 21,1 mlrd dollarni yoki YaIMning 36,5% ni tashkil etdi (60%dan yuqori ko‘rsatgich havotirli deb tan olinadi).
Kreditlar joriy xarajatlarni qoplash uchun sarf etilmaydi, balki kelajakka sarmoya qilinadi. Aynan shu mablag‘lar yo‘llar, arzon uy-joylar qurish, energetika sohasini modernizatsiya qilish, uy-joy kommunal xo‘jaligi, ta’lim va sog‘liqni saqlash sohasidagi muammolarni hal qilishga sarflanadi.
2020 yilda elektr energetikasiga $3,1 milliard, energetika (neft va gaz)ga $2,6 milliard, transportga $2,4 milliard, uy-joy kommunal xizmatlariga $2 milliard yo‘naltirildi.
Faqatgina energetika sohasida quyidagi yirik loyihalar amalga oshirildi:
➖ $650 millionga Navoiy IESning uchinchi qurilmasini qurish (elektr energiyasini ishlab chiqarishni 6-7 foizga oshiradi);
➖ $1,32 milliardga Talimarjon IESni kengaytirish (Qashqadaryo viloyatini elektr energiyasi bilan to‘liq ta’minlab, qo‘shni viloyatlarga ham elektr yetkazib beriladi);
➖ $1,95 milliard evaziga To‘raqo‘rg‘on IES qurilishi (Farg‘ona, Andijon va Namangan viloyatlarining qariyb 40 foizini elektr energiyasi bilan ta’minlaydi).
Kreditlar orqali amalga oshirilayotgan barcha loyihalar Hisob palatasi tomonidan majburiy tekshiruvdan o‘tkaziladi, Oliy Majlis deputatlari va fuqarolik jamiyati vakillari ishtirokida muhokama qilinadi.
Har yili imzolangan kredit shartnomalari hajmi kamayib kelmoqda: agar 2019 yilda taxminan $9 milliard mablag‘ olingan bo‘lsa, 2020 yilda – $5,3 milliard, joriy yil uchun belgilangan limit esa $5 milliardni tashkil etadi.
telegram kanal Nigoh
Izoh qoldirish