Maktablarda bahorgi ta’til 20 martdan boshlanadi

Maktablarda bahorgi ta’til 20 martdan boshlanadi

Maktablarda bahorgi ta’til 20 martdan boshlanadi. Bu haqda vazirlik axborot xizmati ma’lum qildi.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “2021 yilda rasmiy sanalarni nishonlash davrida qo‘shimcha ishlanmaydigan kunlarni belgilash va dam olish kunlarini ko‘chirish to‘g‘risida” 2020 yil 3 dekabrdagi Farmoniga muvofiq, 20 mart — shanba kuni barcha xodimlar uchun ish haftasining turidan qat’iy nazar dam olish kuni hisoblanadi.

Shu munosabat bilan, 2021 yil 20 mart kuni 2020-2021 o‘quv yilining bahorgi ta’tilining birinchi kuni hisoblanadi. Bahorgi ta’til 20 martdan-28 martgacha davom etadi. 2021 yil 29 martdan o‘quv yilining 4-choragi boshlanadi.

2021 yil 20 mart kuni yuqori sinflarga belgilangan dars soatlari 4-chorakda tig‘izlashgan holda o‘tkaziladi.

Maqolani ulashing

O'xshash yangiliklar