Monopoliyaga qarshi kurashish qo‘mitasi 1 trln so‘mlik bitimlarga oldindan rozilik berdi

Monopoliyaga qarshi kurashish qo‘mitasi 1 trln so‘mlik bitimlarga oldindan rozilik berdi

Yil boshidan 1 iyulgacha bo‘lgan muddat davomida Monopoliyaga qarshi kurashish qo‘mitasiga xo‘jalik yurituvchi sub’yektlarni qo‘shib yuborish yoki qo‘shib olish, shuningdek, sub’yektlarning aksiyalarini olish bo‘yicha bitimlarga oldindan rozilik berish bo‘yicha jami 64 ta murojaat kelib tushgan. Bu haqda Monopoliyaga qarshi kurashish qo‘mitasining axborot xizmati xabar berdi.

1 iyul holatiga ko‘ra, kelib tushgan 64 ta murojaatlarning 14 tasi xo‘jalik yurituvchi sub’yektlarni qo‘shib yuborish va qo‘shib olish yuzasidan, 50 tasi esa ustav fondidagi (kapitalidagi) aksiyalarni olishga doir murojaatlar hisoblanadi. Ushbu murojaatlarning 18 tasi xorijiy investorlarga tegishli.

2019 yilning mos davrida ushbu masalalar bo‘yicha kelib tushgan murojaatlar soni 106 ta bo‘lgan.

Shu bilan bir qatorda «Raqobat to‘g‘risida"gi qonun talablarini buzganligi uchun, ya’ni xo‘jalik yurituvchi sub’yektning ustav fondidan ulush olishda monopoliyaga qarshi organning oldindan roziligini olmasdan amalga oshirilgan bitim sababli 2 ta xo‘jalik sub’yektiga nisbatan ish qo‘zg‘atildi.

Yilning birinchi yarim yilligi davomida qo‘mita tomonidan jami 1 trln so‘mlik bitimlarga oldindan rozilik berildi, shundan 479 mlrd so‘mlik bitimlar xorijiy investorlar hissasiga to‘g‘ri keladi.

Monopoliyaga qarshi kurashish qo‘mitasi shunday yirik bitimlarning bir nechtasini keltirib o‘tdi:

  • TOO «Motornaya kompaniya «Astana-Motors» (Qozog‘iston) tomonidan «HYUNDAI AUTO ASIA» MChJ QKning ustav fondidagi 70 foiz ulushini olishiga;
  • «Astana-Motors» kompaniyasining asosiy faoliyati avtomobillar realizatsiyasi va ularga texnik xizmat ko‘rsatish hisoblanadi;
  • «ANGLESEY INVESTMENTS PTE. LTD.» kompaniyasi (Singapur) tomonidan «ANGLESEY FOOD» MChJ XKning ustav fondidagi 100 foiz ulushini olish;
  • «ANGLESEY FOOD» MChJ XKning faoliyat turi ixtisoslashgan do‘konlarda boshqa yangi tovarlar chakan savdosi hisoblanadi;
  • AGROMIR BUKHARA" MChJ QK va «AGROMIR CHUST» MChJ QKni «AGROMIR» MChJ QKga qo‘shib yuborish.

Ayni bir ta’sischilarga ega bo‘lgan, «Agromir» kompaniyalar guruhiga kiruvchi Buxoro, Namangan va Samarqand viloyatlarida joylashgan ushbu korxonalarning faoliyat turi meva va sabzavot sharbatlarini ishlab chiqarish hisoblanadi.

Maqolani ulashing

O'xshash yangiliklar