O‘zbekiston MDHning sanoat sohasidagi bitimiga qo‘shildi

O‘zbekiston MDHning sanoat sohasidagi bitimiga qo‘shildi

Prezidentning 6.04.2021 yildagi «Xalqaro shartnomaga qo‘shilish to‘g‘risida»gi PQ-5056-son qarori qabul qilindi.

MDH ishtirokchi-davlatlarining sanoat sohasida hamkorligi va sanoat siyosati bo‘yicha Kengashni tashkil etish to‘g‘risidagi Bitim 2012 yil 30 mayda Ashxobod shahrida Mustaqil Davlatlar Hamdo‘stligi Hukumat rahbarlari kengashi yig‘ilishida imzolangan. Bu haqda Norma ma’lum qilmoqda.

Bitim taraflari quyidagi yo‘nalishlar bo‘yicha MDH ishtirokchi-davlatlarining sanoat sohasida hamkorlik qiladilar:

  • sanoat siyosati bo‘yicha qarorlarni o‘zaro kelishilgan holda ishlab chiqish;
  • sanoat sohasida hamkorlik qilish masalalari bo‘yicha MDH doirasida qabul qilingan xalqaro shartnomalar va qarorlar ijrosini ta’minlash;
  • ushbu Bitimning ishtirokchi-davlatlarining alohida sanoat tarmoqlari bo‘yicha hamkorlikning asosiy yo‘nalishlarini belgilash, sanoat sohasidagi hamkorlikni rivojlantirishning asosiy yo‘nalishlarini kelishish, qo‘shma dasturlar va loyihalar ro‘yxatini shakllantirish;
  • sanoat tarmoqlari va xo‘jalik yurituvchi sub’yektlarning raqobatbardoshligini oshirish va barqaror rivojlantirishga qaratilgan sanoat sohasidagi hamkorlikdagi xatti-harakatlarni muvofiqlashtirish va boshqalar.

Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligi mazkur xalqaro shartnomani amalga oshirish uchun mas’ul vakolatli organ etib belgilandi.

Hujjat Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida e’lon qilingan va 7.04.2021 yildan kuchga kirdi.

Maqolani ulashing

O'xshash yangiliklar