Soliq qo‘mitasi to‘rtta kompaniyani "shubhali" ro‘yxatdan chiqarib tashladi

Soliq qo‘mitasi to‘rtta kompaniyani

Joriy yil 24 fevralda DSQ «Tahlika tahlil» dasturi natijalariga ko‘ra dastlab aniqlangan 396 «shubhali» korxona ro‘yxati 129 ta tashkilot bilan to‘ldirilganini e’lon qildi – ular soni 525 ta yetdi. 12 mart kuni esa 525 ta korxonaga yana 53 ta tashkilot qo‘shildi. Shu tariqa ularning umumiy soni 578 taga yetdi.

Hozirda davom etayotgan soliq nazorati tadbirlari jarayonida 4 ta korxona ushbu ro‘yxatdan chiqarildi.

Bular:
- «ASL INSHOOT» MChJ (STIR: 307218046, Toshkent viloyati);
- «MIX PERFECT» MChJ (STIR: 306014128, Toshkent viloyati);
- «MAROOF» MChJ (STIR: 307384166, Namangan viloyati);
- «BUILDING GLOBAL FUTURE» MChJ (STIR: 307462590, Andijon viloyati).

Yuqorida nomi qayd etilgan korxonalarning 288 ta kontragenti tomonidan hisobga olingan 21,9 mlrd. so‘m miqdoridagi qo‘shilgan qiymat solig‘i (QQS) summalari qayta tahlil qilindi, ularga tuzatish kiritish talab etilmaydi, tuzatish kiritilgan summalar esa qayta tiklanadi.

Bu haqda ushbu to‘rtta korxona va ularning kontragentlari shaxsiy kabinetiga tegishli xabarnomalar yuborildi.

Biz keltirilgan noqulayliklar uchun javobgarlikni to‘liq tushungan va his etgan holda uzr so‘raymiz!

Maqolani ulashing

O'xshash yangiliklar