Soliq qo‘mitasi yangi ilovalarni ishga tushirish uchun «o‘tish davri»ni joriy etdi

Soliq qo‘mitasi yangi ilovalarni ishga tushirish uchun «o‘tish davri»ni joriy etdi

Davlat soliq qo‘mitasi raisi Sh.Kudbiyev 2021 yil 23 mart kuni tadbirkorlik sub’yekti vakillari va soliq maslahatchilari bilan uchrashdi, deb xabar bermoqda qo‘mita matbuot xizmati.

Davra suhbati mavzusi: «Elektron hisobvaraq-fakturalarning aylanish tizimini takomillashtirish» va «Soxta hisobvaraq-fakturalar bilan QQS summasini asossiz hisobga olish».

Uchrashuvda Davlat soliq qo‘mitasi raisi Sh.Kudbiyev, Moliya vaziri o‘rinbosari D.Sultonov, DSQ raisi o‘rinbosarlari, professional soliq maslahatchilari, auditorlar va buxgalterlar hamjamiyati vakillari ishtirok etdi.

Kun tartibiga uchta dolzarb masala qo‘yildi:

– EHFni o‘z vaqtida shakllantirmaganlik uchun javobgarlik joriy etish;

– o‘tgan davrlar uchun, shu jumladan 2020 yil yanvar-may oylari uchun EHFga tuzatish kiritishga cheklovlar;

– soliq organlarining noqonuniy hisobga olingan QQSga tuzatish kiritish huquqi.

Uchrashuv maqsadi – soliq organlari va biznes vakillari o‘rtasida konstruktiv muloqot o‘rnatish, EHF shakllantirish jarayonida tadbirkorlik sub’yektlari duch keladigan masalalar yuzasidan fikr-mulohazalarni tinglash, shuningdek ularni hal qilish yechimlarini birgalikda ishlab chiqish.

Unda soliq maslahatchilari vakillari I.Podolskaya va I.Abbasxonova taklif va taqdimotlari bilan chiqish qildi. Yirik farmatsevtika kompaniyasi vakili («Grand Pharm Trade» MChJ) o‘tgan davrlar uchun shakllantirilgan EHFga tuzatish kiritish bilan bog‘liq masalalar haqida gapirdi.

Davlat soliq qo‘mitasi va Moliya vazirligi rahbariyati tadbirkorlikni maksimal darajada qo‘llab-quvvatlagan holda bozorning barcha ishtirokchilari uchun teng bo‘lgan soliq solishni ta’minlash istagi har ikki organning asosiy vazifasi ekanligini ta’kidladi. Shu bilan birga, yangi turdagi elektron hujjatlar (tovar-trasport yuk xati va boshqalar) zarur bo‘lgan tadbirkorlik sub’yektlarining o‘ziga xos xususiyatlarini hisobga olgan holda tovarlar jo‘natilgan sanada EHFni rasmiylashtirish muhimligi qayd etildi.

EHFni o‘z vaqtida ro‘yxatdan o‘tkazmaslik soliq bazasini yashirishmi, bunda jarimalarni qo‘llash kerakmi, nima uchun javobgarlik ma’muriy emas, moliyaviy hisoblanadi – munozaralar doirasi markazida ushbu masala ham bo‘ldi.

Natijada yangi ilovalarni ishga tushirish va me’yoriy-huquqiy bazani takomillashtirishning «o‘tish davri»ni joriy etishga qaror qilindi. Bunda o‘tgan oy uchun EHF shakllantirishga joriy oyning 10-sanasidan so‘ng, tuzatish kiritilgan EHFlarga (o‘tgan oy uchun avval topshirilganlari o‘rniga) esa hisobotdan keyingi oyning 20-sanasidan cheklov qo‘yiladi.

Tuzatish kiritilgan EHFlarning (ham son, ham miqdor jihatidan) «Soliq xavflarini aniqlash, tahlil qilish va baholash» avtomatlashtirilgan dasturi doirasida soliq to‘lashdan bo‘yin tovlash xavfini oshiruvchi omillardan biri sifatida ko‘rib chiqilayotgani ularni ro‘yxatdan o‘tkazishdagi afzallikdir.

Shuningdek, davra suhbati ishtirokchilari kelgusida muhokama qilinadigan qonun hujjatlariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish bo‘yicha normativ-huquqiy hujjatlar to‘plamini ishlab chiqishni taklif qildi. Bu kabi uchrashuvlarni muntazam ravishda o‘tkazib borish lozimligini ta’kidladi.

QQSni noqonuniy hisobga olish va «naqdlashtiruvchi firma»larga qarshi kurash masalasiga kelsak, bu yil boshlangan jarayon davom etadi.


Maqolani ulashing

O'xshash yangiliklar